Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukraina shaharlariga zarba bergani yo‘q - Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMinisterstvo oboroni Rossii
Ministerstvo oboroni Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning tinch aholisiga hech qanday zarba bermayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina shaharlariga hech qanday zarbalar bermayotganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina shaharlariga hech qanday artilleriya, raketa yoki aviatsiya zarbalari berayotgani yo‘q" - deyilgan MV xabarida.
Ma’lumot uchun, biroz oldin Ukraina OAVlari Kiyev, Kramatorsk, Odessa, Xarkov va Berdansk shaharlarida portlash ovozlari eshitilgani haqida xabar qilishgan edi.
Rossiya prezidenti 24-fevral kuni ertalab Ukrainada vaziyat keskin tus olganini va u Rossiyadan tezkor qarorlar qabul qilishni talab qilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Vladimir Putin shuningdek Rossiya Ukrainani okkupatsiya qilish rejasi yo‘qligini, faqat uni demilitarizaiya qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
"Yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollar yordamida Ukraina harbiy infratuzilmasi, havo mudofaa obyektlari, aerodromlar va aviatsiyasi ishdan chiqarilmoqda", - degan edi Rossiya prezidenti.
Tinch aholiga hech qanday xavf yo‘q. deb ishontirishdi Mudofaa vazirligida.
Donbassda vaziyat keskinlashuvi
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Donbassda vaziyat kesin o‘zgardi. Kiyev tutashuv chizig‘i yaqinida o‘z armiyasining katta qismini jamladi va DXR hamda LXR hududlarini to‘xtovsiz o‘qqa tuta boshladi. Ukraina Qurolli kuchlari bostirib kirishi xavfi ostida DXR va LXr ayollar, bolalar va qariyalarni evakuatsiya qilishni boshladi.
21 fevral kuni DXR va LXR rahbarlari Rossiya prezidentiga ularni tan olishni so‘rab murojaat qilishdi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan maslahatlashgan holda, ushbu respublikalarda tinchlikni ta’minlash, qon to‘kilishining oldini olish maqsadida, ularning suverenitetini darhol tan olishga qaror qilganini e’lon qildi.
Chorshanba, 24-fevralga o‘tar oqshomida DXR va LXR Rossiyaga harbiy yordam so‘rab murojaat qildi.
Yangiliklar lentasi
0