https://oz.sputniknews.uz/20220223/turkmanistonda-prezident-lavozimi-uchun-kurashadiganlar-malum-boldi-22925529.html
Turkmanistonda prezident lavozimi uchun kurashadiganlar ma’lum bo‘ldi
Turkmanistonda prezident lavozimi uchun kurashadiganlar ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistonda 12-mart kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni yakunladi.
2022-02-23T15:07+0500
2022-02-23T15:07+0500
2022-02-23T15:07+0500
dunyoda
turkmaniston
saylovlar
serdar berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22722359_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d36c0694c443842c3deed28b19100046.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni yakunladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.Turkmanistonda prezidentlikka nomzodlar siyosiy partiyalardan, shuningdek, viloyatlar va Ashxobod shahridan tashabbuskor guruhlar tomonidan ilgari suriladi.Turkmaniston Demokratik partiyasidan Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Serdar Berdimuhamedov nomzod bo‘lgan. Agrar partiyasi Mari viloyati rahbari o‘rinbosari Agajan Bekmirodov nomzodini ko‘rsatgan. Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi “Wepaly gurlusyk” iqtisodiy jamiyati direktori Babamirat Meredov nomzodini ilgari surgan.Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 12-mart kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Qonunchilikka ko‘ra, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 15-yil Turkmaniston hududida muqim yashayotgan mamlakat fuqarosi Turkmaniston prezidenti etib saylanishi mumkin. Turkmaniston prezidenti bevosita xalq tomonidan 7-yilga saylanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22722359_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_664cbb1a930e82f40d747d447324c5db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkmanistonda prezident saylovi 2022 nomzodlar serdar berdimuhamedov msk turkmanston prezident saylovlari mart
turkmanistonda prezident saylovi 2022 nomzodlar serdar berdimuhamedov msk turkmanston prezident saylovlari mart
Turkmanistonda prezident lavozimi uchun kurashadiganlar ma’lum bo‘ldi
Turkmanistonda 12-mart kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. MSK nomzodlarni ro‘yxatga olishni yakunladi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni yakunladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
“Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Xidir Nunnayev va Turkmaniston Demokratik partiyasi Saparmirat Turkmanboshi etrap (tuman)i qo‘mita raisi Maksat Odeshov, shuningdek, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari tomonidan ilgari surilgan Turkmaniston prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olindi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish yakunlandi”, - deyilgan
xabarda.Turkmanistonda prezidentlikka nomzodlar siyosiy partiyalardan, shuningdek, viloyatlar va Ashxobod shahridan tashabbuskor guruhlar tomonidan ilgari suriladi.
Turkmaniston Demokratik partiyasidan Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan
Serdar Berdimuhamedov nomzod bo‘lgan. Agrar partiyasi Mari viloyati rahbari o‘rinbosari Agajan Bekmirodov nomzodini ko‘rsatgan. Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi “Wepaly gurlusyk” iqtisodiy jamiyati direktori Babamirat Meredov nomzodini ilgari surgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 12-mart kuni navbatdan tashqari prezident saylovi
bo‘lib o‘tadi. Qonunchilikka ko‘ra, Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 15-yil Turkmaniston hududida muqim yashayotgan mamlakat fuqarosi Turkmaniston prezidenti etib saylanishi mumkin. Turkmaniston prezidenti bevosita xalq tomonidan 7-yilga saylanadi.