Toshkentda fevral voqealari ishtirokchilaridan biriga hukm chiqarildi

© Pexels / EKATERINA BOLOVTSOVASudeyskiy molotok
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
53 yoshli sudlanuvchi JKning 7 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida fevral voqealari ishtirokchilaridan biriga hukm chiqarildi.
53 yoshli sudlanuvchi J.Yu.ning Toshkent shahrida 1999-yil 16-fevral kuni amalga oshirilgan voqealarga aloqadorligi o‘z isbotini topgan.
U Jinoyat kodeksining “terrorizm”, “konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”, “qo‘poruvchilik”, “diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish” kabi moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sud unga uzil-kesil o‘tash uchun 20-yil qamoq jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, fevral voqealarining bu ishtirokchisini Davlat xavfsizlik xodimlari o‘tgan yil sentabrida xorijda qo‘lga olib, O‘zbekistonga olib kelgan edi. U 23-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
© UzAChlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoe dvijenie Turkestana" Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Chlen mejdunarodnoy organizatsii Islamskoe dvijenie Turkestana Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Chlen mejdunarodnoy organizatsii "Islamskoe dvijenie Turkestana" Yu.J., naxodivshiysya 23 goda v roziske za sovershenie tajkix prestupleniy na territorii Uzbekistana, zaderjan.
Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik BAAda qo‘lga olindi – u qo‘poruvchilikda ayblanmoqda
1999 yil 16-fevral kuni ertalab Toshkentda bir soat ichida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi vafot etgan, 100 dan ortiq kishi esa jarohat olgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov terakt diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgani, ularning maqsadlaridan biri uning hayotiga suiqasd uyushtirishdan iborat bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0