Toshkent-Mo‘ynoq-Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAeroport Muynak
Aeroport Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev yangilangan Mo‘ynoq aeroportini ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkent - Mo‘ynoq - Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Bu “havo porti” 1947-yilda qurilgan bo‘lib, ilgari kichik samolyotlarni qabul qilgan. Keyinchalik umuman ishlamay ham qolgan edi. Bugun hayotga qaytgan bu aeroportga ilk bor O‘zbekiston prezidentining samolyoti kelib qo‘ndi. Davlat rahbari yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Aeroportda 50 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi va maydonchalar ta’mirlangan. Majmua atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan.
“Oxirgi besh yilda ko‘p narsani o‘rgandik, ilgari ishonilmagan narsalarga ishondik. Men birinchi kelganimda "madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi" degandim. Shunday bo‘layapti. Mana shu aeroport ham bir misol. Endi Toshkent - Mo‘ynoq - Nukus aviaqatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, - dedi prezident mo‘ynoqliklar bilan uchrashuvda.
Yangiliklar lentasi
0