Qo‘qon va Xo‘jandni avtobus qatnovi bog‘ladi

© Foto: Farg‘ona viloyati hokimligiXo‘janddan Qo‘qonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Xo‘janddan Qo‘qonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Yangi xalqaro yo‘nalishda ish boshlagan avtobus qatnovi ertalab soat 8:00 da Xo‘jand shahridan Qo‘qonga yo‘l oladi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Tojikistonning Xo‘jand shahridan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Xo‘janddan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar "Andarxon" chegara maskanida kutib olinib, Qo‘qon shahriga kuzatib qo‘yilgan. Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev bojxona maskanida Tojikistondan kelayotgan yo‘lovchilarni kutib olib ularga oq yo‘l tilagan.
Yangi xalqaro yo‘nalishda ish boshlagan avtobus qatnovi ertalab soat 8:00 da Xo‘jand shahridan Qo‘qonga yo‘l oladi.
Avtobus qatnovi kech soat 20:00 da Xo‘jand shahriga oxirgi yo‘nalishni bajaradi. Yo‘l haqi Xo‘janddan Qo‘qongacha 100 ming so‘mni tashkil etadi. Yo‘lovchilarning talab va istaklariga ko‘ra avtobus qatnovi ko‘paytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabrida pandemiya sabab to‘xtatib qo‘yilgan Toshkent – Xo‘jand xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklangan edi.
Yangiliklar lentasi
0