Prezident: shifokorlar poytaxtdan Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, 100 foiz ustama to‘laymiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev agar shifokorlar Toshkentdan Mo‘ynoqqa kelib ishlaca, ustama ikki baravar bo‘lishini ta’kidladi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, 100 foiz ustama to‘lanishini ma’lum qildi.

“Agar Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haq to‘laymiz. Agar Mo‘ynoqqa kelib ishlaca, ustama ikki baravar bo‘ladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqqa tashrifi davomida.

Davlat rahbari bu yo‘nalishda qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Ayrim toifadagi o‘qituvchi va shifokorlarning maoshi kamida 15 foizga oshiriladi
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev uch kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani xabar qilingan edi. Birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa uchdi.
Yangiliklar lentasi
0