https://oz.sputniknews.uz/20220223/ozbekistonning-konstitutsiyaviy-tuzumiga-tajovuz-qilishda-gumon-qilingan-guruh-qolga-olindi--22926854.html
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda gumon qilingan guruh qo‘lga olindi
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda gumon qilingan guruh qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Pastdarg‘omda yashovchi A.O. boshchiligidagi sakkiz kishi taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” ekstermistik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlangan.
2022-02-23T16:32+0500
2022-02-23T16:32+0500
2022-02-23T16:32+0500
hodisalar
samarqand viloyati
“hizb ut-tahrir”
ekstremizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983359_0:198:2935:1849_1920x0_80_0_0_c7e6c3cf272bcce715a014627de498f6.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Pastdarg‘omda yashovchi A.O. boshchiligidagi sakkiz kishi ijtimoiy tarmoqlarda virtual halqa tuzib, “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlangan.Guruh yetakchisi A.O. internet orqali tashkilotning g‘oyaviy rahnamolaridan biri Qirg‘iziston fuqarosi Mahmudjon Xoldarov (laqabi Mahmud Abdulmo‘min) bilan bog‘lanib, uning ko‘rsatmalari bilan ish olib borgan.Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ekstremistik tashkilotlarga aloqador 24 kishi qo‘lga olindi.Hozir ular qo‘lga olingan. Guruh a’zolariga nisbatan JKning 159-moddasi 1-qismi (O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244.1-moddasi 3-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20983359_102:0:2833:2048_1920x0_80_0_0_acec5bea75dfb04cc4d13ef84ce2a3db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand hizb ut-tahrir ekstremizm
samarqand hizb ut-tahrir ekstremizm
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda gumon qilingan guruh qo‘lga olindi
Samarqandda fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda virtual halqa tuzib, terroristik tashkilot g‘oyalarini tarqatgan. U ko‘rsatmalarni chetdan olgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB
xabar bermoqda. DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Pastdarg‘omda yashovchi A.O. boshchiligidagi sakkiz kishi ijtimoiy tarmoqlarda virtual halqa tuzib, “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlangan.
Guruh yetakchisi A.O. internet orqali tashkilotning g‘oyaviy rahnamolaridan biri Qirg‘iziston fuqarosi Mahmudjon Xoldarov (laqabi Mahmud Abdulmo‘min) bilan bog‘lanib, uning ko‘rsatmalari bilan ish olib borgan.
Hozir ular qo‘lga olingan. Guruh a’zolariga nisbatan JKning 159-moddasi 1-qismi (O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244.1-moddasi 3-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.