Jamiyat

Oʻzbekistonda niqob taqishga oid talab bekor qilindi

© Unsplash /Markus WinklerMaska s telefonom
Maska s telefonom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etildi.
TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda fuqarolarga 1 martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat beriladi. Tegishli qaror Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida qabul qilindi.
Yigʻilishda mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari kamayayotgani bois avval joriy etilgan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalalari koʻrib chiqildi.
“Joriy yilning 1 martidan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqarolarning ijtimoiy masofasini taʼminlash qiyin boʻlgan joylarda:
jamoat transportida,
yirik savdo doʻkonlarida,
taʼlim muassasalarida,
davlat va nodavlat idoralarida,
masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, sanʼat saroylari, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etildi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlishidan qatʼi nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolindi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi kunlarda yanvar oyiga nisbatan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus 1 va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga bemorlar yotqizilishi 7 baravarga kamaygan.
2022 yil yanvar oyida “103” tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar soni respublika boʻyicha 34 mingta boʻlgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich oxirgi kunlarda 20 mingtani tashkil etmoqda. Yaʼni, deyarli 1,5 barobarga kamaygan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 23 martidan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan edi. 25 martdan esa bu qoidabuzarlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1,35 mln soʻm) oshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0