https://oz.sputniknews.uz/20220223/ozbekistonda-elektromobillar-uchun-quyosh-quvvatlash-qurilmasi-yaratilmoqda-22922737.html
O‘zbekistonda elektromobillar uchun “quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda
O‘zbekistonda elektromobillar uchun “quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bu bilan respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 23.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-23T12:42+0500
2022-02-23T12:42+0500
2022-02-23T12:42+0500
jamiyat
quyosh elektrstansiyasi
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857177_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0cc4be2b4b51bcd8b64957a0917076fb.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekistonda quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilmalar yaratilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.Bu ish bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari shug‘ulanishmoqda.Ta’kidlanishicha, buning natijasida respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.UzAuto Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishi mumkinEslatib o‘tamiz, joriy yilda mamlakatda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/14/22857177_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3932334c618b141f23967d259c63ca98.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, quyosh elektrstansiyasi, elektromobil
jamiyat, quyosh elektrstansiyasi, elektromobil
O‘zbekistonda elektromobillar uchun “quyosh” quvvatlash qurilmasi yaratilmoqda
Bu bilan respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekistonda quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilmalar yaratilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi
xabar bermoqda. Bu ish bilan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari shug‘ulanishmoqda.
“O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaradlash qurilmasi ishlab chiqilmoqda va barcha hududlarda joriy etiladi” – deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, buning natijasida respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni quvvatlash imkoniyati yaratiladi. 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda mamlakatda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi
xabar qilingan edi.