O‘zbekiston Afg‘onistonga taklif bilan chiqdi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaVstrecha zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Sardora Umurzakova s zamestitelem glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Abdul Salamom Xanafi.
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Sardora Umurzakova s zamestitelem glavi Vremennogo pravitelstva Afganistana Abdul Salamom Xanafi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Sardor Umurzakov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga “Termiz” xalqaro savdo markazining imkoniyatlaridan foydalanish taklif qildi. Bu taklif Kobulda bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashuvida bildirildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirish, savdo va transport to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar ko‘rib chiqildi.
“Shu nuqtayi nazardan o‘z hududida logistika markazi, ishlab chiqarish va saqlash obyektlari, mahsulotlarni sotish punktlari va zarur infratuzilmani birlashtirgan "Termiz" xalqaro savdo markazining imkoniyatlaridan foydalanish taklif qilindi”, - deyilgan xabarda.
Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Xususan, Afg‘oniston hududi orqali o‘tib ketayotgan transport vositalari va yuklarning harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqish, muqobil transport yo‘nalishlarini joriy etish hisobiga mamlakatning tranzit imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.
Avvalroq Sardor Umurzakov Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0