Moskva Vashingtonning sanksiyalariga kuchli javob qaytarishga va’da berdi

© Sputnik / Anton DenisovZdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: sanksiyalarga kuchli javob beriladi, simmetrik bo‘lishi shart emas, lekin Amerika tomoni uchun aniq va qattiq ta’sir qiladigan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya TIV Rossiya AQShning sanksiyalariga kuchli va qattiq ta’sir qiladigan javob berishini ma’lum qildi.
“Shubha bo‘lmasligi kerak – sanksiyalarga kuchli javob beriladi, simmetrik bo‘lishi shart emas, lekin Amerika tomoni uchun aniq va qattiq ta’sir qiladigan”, - deyilgan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Moskva hamma sanksiyalarga qaramasdan zararni kamaytirishga qodirligini isbotlagan.
“Buning ustiga sanksiya bosimi bizning o‘z manfaatlarimizni qat’iy himoya qilishimizga ta’sir ko‘rsatishga qodir emas”, - deya ta’kidlagan Rossiya TIV.
Rossiya o‘zaro hurmat va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan diplomatiya uchun ochiq qoladi.
“AQSh “xitoblariga” to‘liq mustaqilligini qo‘ldan boy bergan ularning malaylari va mijozlari amal qilishaversin. O‘zaro hurmat, teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan tamoyillariga asoslangan diplomatiyaga esa biz ochiqmiz”, - deyilgan xabarda.
"G‘arb - yolg‘onchi": Mariya Zaxarova DXR va LXRni tan olish haqida
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarining mustaqilligini tan oldi. DXR va LXR suverenitetini tan olish bilan bir vaqtda Rossiya ushbu ikki respublika bilan xamkorlikn shartnomasi imzoladi. Ushbu shartnomalar gumanitar va mudofaa sohasida hamkorlikni nazarda tutadi.
Rossiyani DXR va LXRni tan olishga Kiyevning Minsk kelishuvini bajarishdan bo‘yin tovlashi va so‘nggi kunlarda u yerda vaziyat keskin tus olgani undagan. Donbass har kuni hududi ukrainalik harbiylar tomonidan taqiqlangan qurollardan o‘qqa tutilayotgani va buning natijasida tinch aholi qurbon bo‘layotgani ma’lum qilib kelmoqda.
Amerika prezidenti Jo Bayden Rossiya DXR va LXRni tan olgani tufayli unga qarshi sanksiya qo‘lladi.
Yangiliklar lentasi
0