Eskalatordan qulab tushgan bolakayning ahvoli haqida ma’lumot berildi

© Foto: SSV SSV Navoiyda eskalatordan tushib ketgan bolaning sog‘lig‘i bo‘yicha ma’lumot berdi
SSV Navoiyda eskalatordan tushib ketgan bolaning sog‘lig‘i bo‘yicha ma’lumot berdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2022
Obuna bo‘lish
SSV: savdo markazida bobosi bilan eskalatordan qulab tushgan 3 yoshli bolaning ahvoli yaxshilanmoqda.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Navoiydagi savdo markazida bobosi bilan eskalatordan qulab tushgan 3 yoshli A.T.ning ahvoli yaxshilanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
“23 fevral holatiga ko‘ra, uning umumiy holati dinamikada yaxshilanib bormoqda”, - deyilgan xabarda.
Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tajribali shifokorlari kerakli muolajalar ko‘rsatishmoqda.
Shuningdek, bolaning ahvolini Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari har kuni nazorat qilishmoqda.
Uni yaqin kunlarda reanimatsiyadan bolalar bo‘limiga o‘tkazilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Navoiy shahrida “Yangi hayot” savdo majmuasidagi eskalatordan 53 yoshli fuqaro nabirasi A.T. bilan pastga qulab tushgan edi. Fuqaro voqea joyida vafot etgan. Uning 3 yoshli nabirasi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0