Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yo‘talni davolashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

© Depositphotos / BelchonockKashlyayushaya devushka
Kashlyayushaya devushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor Kojevnikova: odamlar yo‘talni mustaqil davolashda odatda ikkita xatoga yo‘l qo‘yishadi.
Harorat ko‘tarilishisiz o‘tgan yo‘talni har doim ham odamlar jiddiy qabul qilishmaydi. Biroq, davolashda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yish jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sputnik radiosiga oliy toifali terapevt shifokor Aleksandra Kojevnikova ma’lum qildi.
Ko‘pchilik insonlar yo‘talni oddiy shamollash tufayli kelib chiqqan deb o‘ylashadi va shifokor tavsiyasisiz balg‘am ko‘chiruvchi dorilar bilan davolanishga kirishib ketishadi. Kojevnikovaning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘talni davolashda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatodir.
Agar yo‘tal isitma yoki boshqa kasallik belgilari bilan kelmasa, ba’zi odamlar mutaxassisga murojaat qilish kerak emas deb o‘ylashadi. Kasallikka to‘g‘ri tashxisni faqat shifokorgina qo‘yishi mumkin.
“Yo‘tal har doim nafas yo‘llari infeksiyasi bilan paydo bo‘lavermaydi. Bu boshqa patologiyalar belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun balg‘am haydovchi dorilar ta’sir qilmasligi yoki nojo‘ya ta’sir qilishi mumkin. Yo‘talni davolashga kirishishdan oldin uning sababini aniqlash lozim”, - deydi Kojevnikova.
Yo‘tal COVID-19 yoki O‘RVI kabi infeksion kasalliklar bilan kelganda bemorlar yana bir keng tarqalgan xatoga yo‘l qo‘yishadi, ya’ni antibakterial dorilarni shifokor retseptisiz qabul qilishadi. Ammo tibbiy ma’lumotsiz ma’lum vaziyatga mos keladigan antibiotikni tanlash va uning optimal dozasini belgilash mumkin emas.
“Antibakterial preparatlar har doim ham zararsiz preparatlar emas. Ularning har biri o‘z ko‘rsatmalariga, qarshi ko‘rsatmalariga, ma’lum dozalari va davolash muddatlariga ega. Barcha odamlar ham buni bilmaydi va eshitgan, ko‘rgan dorisini sotib olib davolanaveradi. Dori noto‘g‘ri tanlanganda shunchaki ta’sir qilmasligi, balki immunitetni tushirib yuboradigan darajada nojo‘ya ta’sir qilishi mumkin”, - deydi Aleksandra Kojevnikova.
O‘RVI bilan kasallanganda qanday dorilarni bir vaqtda ichish mumkin emas?
“Koronavirusga chalinmaslik yoki uning yengil shaklini o‘tkazishning esa birgina yagonak yo‘li bor shu ham bo‘lsa vaksinadir”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0