"G‘arb - yolg‘onchi": Mariya Zaxarova DXR va LXRni tan olish haqida
11:32 22.02.2022 (yangilandi: 11:34 22.02.2022)
© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
© Press-slujba MID RF
/ Obuna bo‘lish
Zaxarova: G‘arb siyosatchilari Donbassda hech qanday muammo yo‘q deb hisoblaydi, men esa ularga qarata – hech bo‘lmasa bir marta kelib hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring degim keladi.
TOShKENT, 22 fev – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya tomonidan DXR va LXRni tan olish borasida o‘z fikrini bildirdi. “KP” maqolasi asosida.
- Mariya Vladimirovna, G‘arb ushbu xabarga qanday reaksiya bildirmoqda?
- Keling hozir ularga gap bermaylik. Ular nima degani va kelajakda nima deyishini biz oldindan yaxshi bilardik. Bu biz uchun yangilik emas. Menimcha so‘nggi ikki oy bu borada juda namunali bo‘ldi. U tomonda yolg‘on gapirishgan va kelajakda ham yolg‘on gapirishadi.
- Axir ular Donbassni tan olish ortidan ularni Rossiyaga qo‘shib olinishidan xavotirda. G‘arbda ushbu tufayli urush boshlanishi mumkin deb hisoblashadi...
- Men buni eshitishni ham istamagan bo‘lardim, lekin sizga buni gapirishni ta’qiqlay olmayman. Lekin har bir insonda xavfsiz va munosib yashash huquqi bo‘lishi kerak. U yerda 8-yildan beri urush davom etmoqda. Buni ko‘rmaslik tan olmaslik mumkin emas.
G‘arbning anglo-saks siyosatchilari esa Donbassda sodir bo‘lgan genotsidni yolg‘on va “kulguli” deb hisoblaydi. Ularning fikricha umuman u yerda hech qanday muammo yo‘q. Shu yerda men ularga qarata – hech bo‘lmasa bir marta Donbassga kelib hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring degim keladi. Agar siz kelishni istamasangiz – demak buni ataylab qilayapsiz, haqiqatda nima bo‘layotganini bilmaslik uchun. Aslida sizning razvedkangiz u yerda aslida nima bo‘layotganini sizga aytib turibdi. Shuni uchun ham siz u yerga bormaysiz.
Axir birorta ham yirik g‘arbiy ommaviy axborot vositasi u yerga o‘z korrespondentlarini yubormadi-ku. Juda kam hollarda, Ukraina nazorati ostida bo‘lgan, chegaraning narigi tomonidan reportajlar namoyish qilindi.
Biz Germaniya va AQShga u yerda sodir etilgan ommaviy qatllar va shafqatsizliklar haqida to‘liq ma’lumot yuborganmiz. Biz buni keng ommaga tarqatmaganimizning sababi – u yerda dahshatli kadrlar bor edi. Hech bir platforma buni bir daqaqadan ortiq namoyish qila olmaydi!
Biz bularni Psakining navbatdagi noo‘rin bayonotlaridan so‘ng AQSh Davlat Departamentiga berganmiz. Shundan keyin ham Blinken “Rossiyanng u yerda genotsid bo‘layapti degan bayonotlariga ishonib bo‘lmaydi” deb chiqqan.
Shunday ekan ulardan yana nimani kutish mumkin? Ular Donbassda aslida nima bo‘layotganini bilishni, buni qayd etishni istamaydi ham.
Ular baland minbarlardan turib, Afg‘onistondagi ayollar va qizlar huquqlari muammolari, Myanmadagi vaziyat, Darfua muammosining nozik tomonlari, Sudandagi vaziyat to‘g‘risida joy kuydirib gapirishadi-yu, lekin shundok tumshug‘ining ostida Yevropa qit’asida, o‘zini ishonib G‘arbga topshirgan hududlarda sodir bo‘layotgan voqealarga mutlaq befarq bo‘lib qolayotgani hayratga soladi.
Biz 2014-yildan buyon o‘zimizning liberal diktatura bosimi ostida yashayapmiz. Ular bizning goh u goh bu kamchilligimizga barmoq tirab, aybimizni qidirishadi. U yerda nechta bola qurbon bo‘lganini hech kim bilmaydi. Yuqori qadriyatlar haqida baland minbarlardar turib gapirayotgan “insonparvarlar” hech bo‘lmasa bir marta u yerga borib hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib keling. U yerga borganlar befarq bo‘lib qola olmaydi.
- Vladimir Putin va Jo Baydenning parijdagi uchrashuvi e’lon qilingan edi. U amalga oshadimi?
- Men bunga izoh berishga haqqim yo‘q. Buni Kreml hal qiladi. Umuman buni taxmin qilib bo‘lmaydi.
Biz uchun eng murakkab bo‘lgan vaqtlarda, bizga yolg‘on va tuhmatlar yog‘ilganda ham biz dialog, muzokaralar tarafdori bo‘lganmiz. Mana bir necha oydan buyon biz Ukrainaga “faol bostirib kirmoqdamiz”. OAVlar Rossiya bugun bostirib kiradi, ertaga, yo‘q endi hozir kabi xabarlarni to‘xtovsiz bosib chiqarayapti. Xo‘sh, biror nima sodir bo‘ldimi?
Shuncha vaqt davomida biz biror marotaba biror kishiga muzokaralar o‘tkazishga rad javobini berdikmi? Yoki biror davlatga muzokaralarda vositachi bo‘lishga rad javobi berdimi? – yo‘q. Biz har doim buning tarafdori bo‘lganmiz!