Rossiya Strategik yadroviy kuchlari mashg‘ulotlari G‘arb uchun nimani anglatadi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPusk novoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan
Pusk novoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya AQSh va NATO bilan teng va bo‘linmas xavfsizlik to‘g‘risidagi muloqotda diplomatiyaning barcha imkoniyatlarni tugatmadi.
Shu bilan birga Moskva Vashingtonga ishonch hosil qilishning harbiy texnik vositalarini namoyish qilmoqda – gipertovushli va yadroviy raketalar hamda ularni qo‘llash uchun siyosiy ixtiyor va texnik jihatdan hozirlik. Yevropa va dunyoda Rossiyaning milliy manfaatlarini e’tiborga olmaslikning imkoni yo‘q. Ukraina kollektiv G‘arb muammolarining bir parchasi, xolos.
18 fevral kuni Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin dediki: “Biz qilinishi kerak deb hisoblangan ishlarni qilyapmiz, bundan buyon ham shunday qilamiz... Biz Rossiya xalqi va Rossiya davlatining milliy manfaatlariga mos keluvchi aniq, tushunarli belgilarga egamiz”.
Bir kun o‘tib O‘rta yer dengizidan tortib Qutb ortigacha, Boltiqdan tortib Oxotsk dengizigacha bo‘lgan kenglikda Rossiya Harbiy dengiz floti va Strategik yadroviy kuchlarining rejali mashg‘ulotlari doirasida qanotli, gipertovushli va ballistik raketalar otildi. Moskva ochiqchasiga va qat’iy ravishda global harbiy mojaroga yuqori texnologiya jihatdan shayligini namoyon etdi – agarda Vashington va Brussel Rossiya chegaralari yaqinidagi biror bir mintaqada jangovar harakatlarni boshlagudek bo‘lsa.
Rossiyaning yadroviy qurol qo‘llab mashg‘ulot o‘tkazgani haqidagi savolga javob berayotib, AQSh prezidenti Jozef Bayden ta’kidladiki, uni qo‘llanishiga ishonmaydi, hoynahoy Vladimir Putin “u dunyoni Yevropadagi dinamikani o‘zgartirishga qodirligini ishontirishga” intilmoqda. Bayden bekorga ishonmaydi, ukrainlarning o‘zidan ko‘proq qandaydir “Ukrainaga bostirish kirish”dan tashvishga tushgan.
Rossiya va AQSh xavfsizlik sohasida teng huquqlarga ega, amerikaliklarning har qanday bir yoqlama talqin qilishlari va o‘z amrlarini o‘tkazishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 1954-yili Xirosima va Nagasakini, 1999-yili Belgrad va 2011-yili Tripolini bombardimon qilish uchun obyektiv sabablar va Vashingtonning bugun Moskvaga qaraganda xalqaro huquqi kamroq bo‘lgan – Rossiya chegaralari yaqinida Pentagon va NATO qo‘shinlari qismi va zarba beruvchi qurol-aslahalarini joylashtirilishi.
1997 yilgi alyansning xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish ketishi – teng va bo‘linmas xavfsizlikning muqobilsiz sharti. G‘arblik “hamkorlarning” bunga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Rossiya manfaatlari sohasidagi harbiy ig‘volar faqat zudlik munosabat bildirish yoki strategik badalga sabab bo‘ladi. AQSh va alyans uchun qulay “yolg‘iz mamlakatlarni” bombardimon qilish endi Yevropa qit’asidan bo‘lmaydi.

Strategik tutib turish

19 fevral kuni bir necha geografik nuqtalarda Rossiya oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putin boshchiligida Rossiya Stratetik yadroviy kuchlarni tutib turish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarni Kreml situatsion markazidan ittifoqdosh Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham kuzatdi. Qurol-aslaha tizimlarini jangovar xususiyatlarni tasdiqlashdi – otilgan barcha gipertovushli, qanotli va ballistik raketalar o‘quv nishonlariga borib tegdi.
Astraxan viloyatida “Iskander” muvaffaqiyatli zarbalarni qaytardi. Qanotli “Kalibrlar” Qora dengiz flotining “Grayvoron” raketa kemasidan va Shimoliy flotning suvosti kemasidan uchdi. Mig-31K qiruvchilari gipertovushli X-47M2 "Kinjal" raketalari bilan zarba berishdi. Gipertovushli “Sirkonlar” dengiz va quruqlikdagi nishonlarga borib tegishdi. Tu-95MS strategik bombardimonchi raketa tashuvchilar qanotli raketalar bilan Komidagi “Pemboy” va Kamchatkadagi “Kura” poligonlaridagi nishonlarni yakson qilishdi.
Quruqlikdagi Strategik yadroviy qurollarda doimiy qo‘llashga shay 95 foizdan ziyod qurilmalar bor. Rossiya MBR yadroviy “boyegolovkalarni” Brusseldagi NATO shtab kvartirasi ustidan 70 kmcha balandlikda qo‘llashi mumkin, bu o‘z navbatida elektr tarmoqlarini ishdan chiqarishi va alyansning Buyuk Britaniyadan Polshagacha bo‘lgan barcha tuzilmalarini ishdan qoldirishi mumkin.
Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichida Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov davlat rahbariga mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli yakunlangani va shartli dushmanga qaqshatqich javob zarbasi berilganini bildirdi. Bu “yadroviy messej” yaqindagi afg‘on sharmandachiligini yuqori texnologiyali Rossiya bilan urush rejalari bilan qoplashga urinayotgan Vashington va Brusselgacha yetib borgan bo‘lsa kerak.

Nodonlikning cheki yo‘q

Amerika olimlari fedaratsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 6372 ta yadroviy o‘q-doriga ega, shulardan 1570 tasi otilishga shay, qolganlari zaxiradi. Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropani to‘liq yo‘q qilish uchun Rossiya yadroviy qurol-aslahasining o‘ndan bir qismi kifoya.
AQShning 5800 ta yadroviy “boyegolovkasi” bor, ulardan 1500 ta otilishga shay, ammo Amerika qurol-yarog‘i behad eskirgan, tashuvchilarda muammolar bor. Boshqa tomondan, Rossiya va KXTSh qo‘shinlarining Kanada va Meksika hududlaridan bostirib kirishi amerikaliklarga aniq tahdid solmaydi. “Gegemoniya” vaqti qaytmaydigan bo‘lib o‘tib ketdi, Pentagonning imkonsiz budjeti allaqachon g‘alaba va’da qilmayapti. Rossiya bilan urush AQSh va NATO uchun falokatli bo‘ladi. Yevropa va Osiyoni o‘z holiga qo‘yish qulay va xavfsizroq – Pentagon harbiylari Shimoliy amerika kazarmalariga qaytarilishi kerak. Qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Xitoy TIV AQShdan Ukraina masalasida Rossiya xavotirini inobatga olishini talab qilgani tasodif emas, parallel ravishda Tayvan muammosi kuchayishi mumkin.
YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Munxendagi xavfsizlik anjumanida Rossiya va Xitoyning “yuzaga kelgan dunyo tartibini qayta ko‘rib chiqish” niyati haqida tashvish bilan gapirdi. Haqiqatdan, ko‘pchilik G‘arbda o‘zganing hisobiga yallo qilib yashashga odatlangan – har qanday bahona bilan sayyoradagi qo‘shnilarni bombardimon qilish va g‘orat qilish (Iroq, Afg‘oniston, Yugoslaviya, Liviya, Suriya). Bunday “tartib” aksariyat mamlakatlarga zarar keltiradi, rivojlanishga xalal beradi.
Ko‘p qutbli dunyoning yangi liderlari – Rossiya va Xitoy – uni barcha diplomatik va harbiy texnik vositalar bilan muvaffaqiyatli parchalamoqda. Sog‘lom fikrlovchi amerikaliklar va yevropaliklar tarixning qaytarilmasligini tushunishadi.
Fors ko‘rfazidagi jang faxriysi AQSh armiyasi polkovnigi Duglas Makgregor Fox News efirida Amerika prezidentining tashqi siyosat sohasidagi “cheksiz nodonligini” ta’kidladi va xulosa qildi: “Prezident Bayden go‘yoki Rossiya manfaatlari ahamiyatga ega emas, hech qanday rol o‘ynamaydi degandek harakat qiladi... Rossiya biz Sharqiy Yevropada kuchsiz ekanimizni ko‘rsatmoqchi”. U aksariyatlar Ukrainani Rossiya milliy xavfsizligining masalasi deb haqli hisoblashlarini ma’lum qildi.
AQShning zavolga yuz tutayotgan ukrain loyihasi Yevropani ham ajratib qo‘yadi. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols dediki: “Yevropaliklarga shaffof xavfsizlikka Rossiyaga qarshi erishib bo‘lmasligi ravshan, faqat Rossiya bilan”. AQSh va NATOning agressiv siyosatining davomi Yer yuzidan boshqalarning hayoti va farovonligi bilan hisoblashmaslikni bildiradi. Manfaatlar to‘qnashuvi muqarrar, iqtiqbolda tekinxo‘r davlatlar va alyanslarning harbiy texnik yo‘q qilinishi ehtimoli mavjud.
Yangiliklar lentasi
0