Qozog‘istonda 14 nafar o‘zbekistonlik tergov izolyatorida saqlanmoqda

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP
Situatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston tergov izolyatorlarida 18 nafar xorijlik saqlanmoqda. Ulardan 14 nafari O‘zbekiston, 2 nafar Rossiya va 2 nafari Qirg‘iziston fuqarolari.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Qozog‘istondagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Elvira Azimova yanvardagi ommaviy tartibsizliklardan so‘ng tergov izolyatorlari va vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida monitoring tashrifini amalga oshirdi.
"Hozirgi vaqtda tergov izolyatorlarida 18 nafar xorijlik saqlanmoqda. Ulardan 14 nafari O‘zbekiston, 2 nafar Rossiya va 2 nafari Qirg‘iziston fuqarolari", — dedi ombudsman.
Uning ta’kidlashicha, hibsda saqlash sharoitlari o‘rganilganda 6-yanvardan keyingi dastlabki 48 soat ichida ichimlik suvi va oziq-ovqat bilan ta’minlanmaganlik holatlari kuzatilgan.
Vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida muammo hibsga olinganlarning ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Keyinchalik vaziyat barqarorlashdi.
10 yanvardan keyin hibsga olinganlarning barchasiga uylaridan berib yuborilgan narsalarni olishga ruxsat berildi. Bugungi kunda oziq-ovqat meyorlariga rioya qilinmoqda, ammo mahbuslarning ba’zilari oziq-ovqat sifati haqida shikoyat qilmoqdalar.
“Afsuski, Olmaota, Olmaota va Jambil viloyatlarida qo‘lga olinganlar orasida 16-17 yoshli voyaga yetmaganlar ham bor. Ularga qo‘yilgan ayblovlar ancha og‘ir - ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, binolar bosib olib, qurollarni o‘g‘rilash”.
Qozog‘iston a’zo bo‘lgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etganligi uchun faqat favqulodda holatlarda va qisqa muddatga hibsga olinishi mumkin”, — dedi Azimova.
Milliy profilaktika mexanizmi vakillari hibsga olingan fuqarolar saqlanadigan yopiq muassasalarni faqat 13-yanvardan keyin monitoring boshladilar – bu Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining yordami tufayli, chunki favqulodda holatda bunday tadbirlar o‘tkazib bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0