https://oz.sputniknews.uz/20220222/qarshi-aeroportida-odamlar-toplanib-qolishi-yuzasidan-bayonot-22904723.html
"Qarshi" aeroportida yo‘lovchilar to‘planib qolish sababi ma’lum bo‘ldi
"Qarshi" aeroportida yo‘lovchilar to‘planib qolish sababi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Uzbekistan airports” AJning "Qarshi" aeroportida odamlar to‘planib qolishiga doir rasmiy bayonot e’lon qildi. 22.02.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-02-22T13:43+0500
2022-02-22T13:43+0500
2022-02-22T13:51+0500
jamiyat
qarshi
navoiy shahri
chiptalar
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/744/28/7442899_0:61:1000:624_1920x0_80_0_0_74f09b947502669e4b8250cec6a9c530.jpg
TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Bugun erta tongdan Qarshi aeroportiga Moskvaga uchib ketish uchun otlangan yo‘lovchilar to‘plana boshladi, deb xabar qildi Uzbekistan airports.Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga kelib, aeroportga 150 ga yaqin odam to‘plandi. Vaholanki ushbu aeroport jadvalida bunday parvoz yo‘q edi. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasining VZ-4492 parvozi Qarshi emas Navoiy aeroportidan soat 15:00 da amalga oshirilishi belgilangan edi. Lekin yo‘lovchilar Easy Booking va Atlas Avia tour onlayn xizmatlari orqali xarid qilingan chiptalarda jo‘nab ketish shahri - Qarshi, jo‘nash vaqti esa - 08.00 deb ko‘rsatilgan edi.Lekin bunday holda ular yo‘lovchilarga bepul transfer tashkil qilib berishlari kerak, ammo bugun Qarshidan Navoiyga hech qanday tranfer tashkil qilingani yo‘q. Yo‘lovchilar qo‘shni shaharga o‘z hisobidan taksida borishga majbur bo‘lishdi."Navoiy" aeroportida ma’lum qilinishicha, terminalga VZ-4492 reysi yo‘lovchilari kela boshladi. Parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tish mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlangan.Ma’lumot uchun, “Uzbekistan airports” AJ aviachiptalar sotish bilan shug‘ullanmaydi.
qarshi
navoiy shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/744/28/7442899_0:0:888:666_1920x0_80_0_0_3e476612dfdc563116f849bc2744f4ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qarshi, navoiy shahri, chiptalar, aeroport
jamiyat, qarshi, navoiy shahri, chiptalar, aeroport
"Qarshi" aeroportida yo‘lovchilar to‘planib qolish sababi ma’lum bo‘ldi
13:43 22.02.2022 (yangilandi: 13:51 22.02.2022) “Uzbekistan airports” AJning "Qarshi" aeroportida odamlar to‘planib qolishiga doir rasmiy bayonot e’lon qildi.
TOShKENT, 22 fev - Sputnik. Bugun erta tongdan Qarshi aeroportiga Moskvaga uchib ketish uchun otlangan yo‘lovchilar to‘plana boshladi, deb xabar qildi Uzbekistan airports.
Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 ga kelib, aeroportga 150 ga yaqin odam to‘plandi. Vaholanki ushbu aeroport jadvalida bunday parvoz yo‘q edi. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasining VZ-4492 parvozi Qarshi emas Navoiy aeroportidan soat 15:00 da amalga oshirilishi belgilangan edi.
Lekin yo‘lovchilar Easy Booking va Atlas Avia tour onlayn xizmatlari orqali xarid qilingan chiptalarda jo‘nab ketish shahri - Qarshi, jo‘nash vaqti esa - 08.00 deb ko‘rsatilgan edi.
Qarshi aeroportining tushuntirishicha, ba’zi aviakassalar bir shahardan uchayotgan parvozga yo‘lovchilar yetishmasligini boshqa shahar orqali chipta sotish yo‘li bilan qoplaydi. Ushbu maqsadda chipta sotish vaqtida ular yo‘lovchilarga parvoz uchish shahri haqida ataylab noto‘g‘ri ma’lumot bergan.
Lekin bunday holda ular yo‘lovchilarga bepul transfer tashkil qilib berishlari kerak, ammo bugun Qarshidan Navoiyga hech qanday tranfer tashkil qilingani yo‘q. Yo‘lovchilar qo‘shni shaharga o‘z hisobidan taksida borishga majbur bo‘lishdi.
"Navoiy" aeroportida ma’lum qilinishicha, terminalga VZ-4492 reysi yo‘lovchilari kela boshladi. Parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tish mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlangan.
Ma’lumot uchun, “Uzbekistan airports” AJ aviachiptalar sotish bilan shug‘ullanmaydi.