Yerlardan foydalanishda jamoatchilik nazorati kuchaytirildi

© SS0 / Unsplash / Dave LoweZemlya, illyustrativnoe foto
Zemlya, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2022
Obuna bo‘lish
1 martdan fuqarolarning yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani haqidagi xabarlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limlari tashkil etildi.
2022 yil 1-martdan:
aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilariga o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.
Bunda so‘rovlar 5 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Qarorga ko‘ra, “E-YER NAZORAT” tizimida yer uchastkalari bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlar xaritasi alohida yuritiladi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0