Toshkentda 7 sisterna benzin o‘g‘irlagan guruh tergov qilinmoqda

V Tashkente ukrali benzin iz j.d. sistern - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiyadan yuborilgan 7 sisterna benzinni talon taroj qilgan jinoiy guruh tergov qilinmoqda.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Toshkentda 7 sisterna benzin o‘g‘irlagan fuqarolar tergov qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti.
Ushbu yilning 30-yanvar kuni fuqaro B.S, Sh.D., D.I. va boshqa shaxslar jinoiy til biriktirib, Rossiya Federatsiyasi Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan, Toshkent shahri, Sirg‘ali 5-dahasida joylashgan “Carpe Diem Energy” MChJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan AI-95 markali benzin maxsulotlarini o‘g‘irlab olish ketish uchun vagonlarning tepa qismidagi lyukiga o‘rnatilgan tamg‘alarni kesib, vagonlarning lyuklarini ochib, o‘z boshqaruvlarida bo‘lgan neft maxsulotlarini tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga yuklab olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur xolat yuzasidan Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi "v-bandi" hamda 4-qismi “a” bandi bilan (uyushgan guruh tomonidan katta miqdorda neft mahsulotlari talon-taroj qilish uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi).
Yangiliklar lentasi
0