“Sputnik Layt” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Vaksina Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
“Sputnik Layt” bilan to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonga “Sputnik Layt” vaksinasining yana 135 875 dozasi keltirildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 53 715 423 dozani tashkil qilmoqda. Shulardan 343 375 dozasi “Sputnik Layt” vaksinasi.
Hozirga kelib 44,9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanilgan. 19-fevral holatiga ko‘ra, emlanishi kerak bo‘lgan aholining 91,4 foizi vaksinaning birinchi dozasini olib bo‘lgan, 71,3 foizi esa koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgan.
The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi
Ta’kidlash joizki, “Sputnik Layt” bilan to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi. Shuningdek, undan qo‘shimcha (buster) doza sifatida foydalanish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0