https://oz.sputniknews.uz/20220221/putin-bayden-22872724.html
Putin va Bayden Makronning Yevropada uchrashish taklifini qabul qildi
Putin va Bayden Makronning Yevropada uchrashish taklifini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden fransiyalik hamkasblari Emmanuel Makronning Yevropada xavfsizlikka oid sammit o‘tkazish taklifiga rozi bo‘lishdi. Muzokaralar 24-fevral kuniga rejalashtirilgan.
2022-02-21T14:05+0500
2022-02-21T14:05+0500
2022-02-21T14:05+0500
dunyoda
vladimir putin
emmanuel makron
jo bayden
yevropa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19274782_0:136:3397:2048_1920x0_80_0_0_4e201c69f47c4e8c6707cb1ef2adba4b.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden fransiyalik hamkasblari Emmanuel Makronning Yevropada xavfsizlikka oid sammit o‘tkazish taklifiga rozi bo‘lishdi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, uchrashuv agar “Rossiya Ukrainaga hujum qilmasagina” bo‘lib o‘tishi mumkin.Sammit kun tartibini Rossiya tashqi ishlar vazir Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken tayyorlashadi va muzokaralar 24-fevral kuniga rejalashtirilgan.Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Parij ma’lumotlarini tasdiqlangan.So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukrainaga “hujum qilishga” tayyorgarlik ko‘rishda ayblamoqda va buning ortidan Sharqiy Yevropada qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda.O‘tgan hafta oxiridan buyon Donbassdagi vaziyat jiddiy keskinlashdi: ukrain harbiylari DXR va LXR hududini taqiqlangan qurol bilan o‘qqa tutmoqda, bir necha tinch aholi halok bo‘ldi.Kreml va Rossiya TIV vaziyat keskinlashishining asosiy sababi bu Ukrainani qurol-aslaha bilan ta’minlayotgan va bu bilan uni qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashga undayotgan AQSh va NATO xatti-harakatlari ekanini bir necha marta takrorlagan.DXR va LXRda vaziyat keskinlashmoqda. Onlayn reportaj
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/10/19274782_666:0:3397:2048_1920x0_80_0_0_5ed3ffc2f9b51afeeb1e0858b3905e9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin bayden sammit muzokaralar xavfsizlik kafolatlari makron yevropa
putin bayden sammit muzokaralar xavfsizlik kafolatlari makron yevropa
Putin va Bayden Makronning Yevropada uchrashish taklifini qabul qildi
Rossiya va AQSh prezidentlari 24-fevral kuni Yevropada xavfsizlikka oid sammitda muzokaralar o‘tkazishlari mumkin.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden fransiyalik hamkasblari Emmanuel Makronning Yevropada xavfsizlikka oid sammit o‘tkazish taklifiga rozi bo‘lishdi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati
xabar bermoqda. “U (Fransiya prezidenti Makron – tahr.) prezident Bayden va prezident Putin o‘rtasida sammit o‘tkazishni taklif qildi, keyin Yevropada xavfsizlik strategik barqarorlik masalalari bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan. Prezidentlar Bayden va Putin bunday sammit tamoyilini qabul qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv agar “Rossiya Ukrainaga hujum qilmasagina” bo‘lib o‘tishi mumkin.
Sammit kun tartibini Rossiya tashqi ishlar vazir Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken tayyorlashadi va muzokaralar 24-fevral kuniga rejalashtirilgan.
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Parij ma’lumotlarini tasdiqlangan.
So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukrainaga “hujum qilishga” tayyorgarlik ko‘rishda ayblamoqda va buning ortidan Sharqiy Yevropada qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.
Rossiya unga qo‘yilayotgan uydirma ayblovlarni rad etmoqda va Kiyev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini eslatmoqda.
O‘tgan hafta oxiridan buyon Donbassdagi vaziyat jiddiy keskinlashdi: ukrain harbiylari DXR va LXR hududini taqiqlangan qurol bilan o‘qqa tutmoqda, bir necha tinch aholi
halok bo‘ldi.Kreml va Rossiya TIV vaziyat keskinlashishining asosiy sababi bu Ukrainani qurol-aslaha bilan ta’minlayotgan va bu bilan uni qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashga undayotgan AQSh va NATO xatti-harakatlari ekanini bir necha marta takrorlagan.