Pekin-2022: qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi

Obuna bo‘lish
Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqalar 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.
Norvegiya 16 ta oltin, 8 ta kumush, 13 ta bronza (jami 37 ta medal) medali bilan mutlaq g‘olib bo‘ldi.
Rossiya jamoasi 6 ta oltin, 12 ta kumush va 14 ta bronza bilan 9-pog‘onani band etdi. Rossiyalik sportchilar medallar soni bo‘yicha esa jamoalar orasida ikkinchi bo‘lishdi. Ular Olimpiadada jami 32 ta medalga ega chiqishdi.
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yagona sportchi Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishida 29-o‘rinni egalladi, slalom yo‘nalishida esa marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ygani sabab musobaqadan chetlashtirildi.
Olimpiada bayrog‘i 2026-yilgi musobaqalarga mezbonlik qiluvchi Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampesso shaharlariga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0