O‘zMUda yo‘qolgan nodir qo‘lozmalar: universitet mansabdorlariga qarshi jinoiy ish ochildi
O‘zMUda yo‘qolgan nodir qo‘lozmalar: universitet mansabdorlariga qarshi jinoiy ish ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) kutubxonasidan o‘nlab nodir qo‘lozmalar yo‘qolgani aytilgan xabar yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Bosh prokuratura O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) kutubxonasidan o‘nlab nodir qo‘lozmalar yo‘qolgani aytilgan xabar yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalarini ma’lum qildi.19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining "o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish" va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlarini olib borish uchun hujjatlar poytaxt prokuraturasiga yuborilgan.2021 yil 23-dekabr kuni Kun.uz nashri 2019-yildagi ta’mirlash ishlaridan so‘ng O‘zMUning nodir qo‘lozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagani va u yerdagi qimmatbaho va o‘ta nodir hisoblangan 100 dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bo‘lishi mumkinligini haqida yozgan edi.Xabarda XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qo‘lozma asari, Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan "Muqaddimai Zafarnoma" qo‘lozma kitobi, Alisher Navoiyning tilla suvi yuritilgan "Xamsa" dostoni va boshqa o‘nlab nodir qo‘lozmalari "sirli" tarzda g‘oyib bo‘lgani ta’kidlangan.
Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII — XIX asrlarga oid qo‘lozma va toshbosma asarlarning umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘m.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Bosh prokuratura O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) kutubxonasidan o‘nlab nodir qo‘lozmalar yo‘qolgani aytilgan xabar yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalarini ma’lum qildi.
“O‘rganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd so‘mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan 56 dona qo‘lozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi”, - deyilgan xabarda.
19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining "o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish" va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlarini olib borish uchun hujjatlar poytaxt prokuraturasiga yuborilgan.
2021 yil 23-dekabr kuni Kun.uz nashri 2019-yildagi ta’mirlash ishlaridan so‘ng O‘zMUning nodir qo‘lozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagani va u yerdagi qimmatbaho va o‘ta nodir hisoblangan 100 dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bo‘lishi mumkinligini haqida yozgan edi.
Xabarda XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qo‘lozma asari, Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan "Muqaddimai Zafarnoma" qo‘lozma kitobi, Alisher Navoiyning tilla suvi yuritilgan "Xamsa" dostoni va boshqa o‘nlab nodir qo‘lozmalari "sirli" tarzda g‘oyib bo‘lgani ta’kidlangan.