O‘zbekiston va Eron hamkorlikni qanday rivojlantiradi

© Press-slujba MIVT Uzbekistana Vstrecha zamestitelya Premyer-ministra – ministra investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan S.Umurzakova i ministra promishlennosti, rudnikov i torgovli Islamskoy Respubliki Iran Saida Reza Fatimi Amina.
 Vstrecha zamestitelya Premyer-ministra – ministra investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan S.Umurzakova i ministra promishlennosti, rudnikov i torgovli Islamskoy Respubliki Iran Saida Reza Fatimi Amina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
Tehronda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Eron sanoat, investitsiya va savdo sohalarida hamkorlikni oshirishni rejalashtirmoqda. Bu masalalar Tehronda Sardor Umurzakovning Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Rizo Fotimi Amin bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolashga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan. Natijada o‘zaro maqbul yechimlar ishlab chiqilgan va kelishib olingan.
Tomonlar xaridorgir oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish va o‘zaro savdo salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini qayd etishdi.
Shuningdek, ikki mamlakat bojxona organlari o‘rtasida ikkala davlat bo‘ylab tovarlar va transport vositalari harakati bo‘yicha elektron axborot almashinuvi to‘g‘risidagi O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishini jadallashtirishga kelishildi.
Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Eron investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qator qo‘shma chora-tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0