https://oz.sputniknews.uz/20220221/nozima-davletova-mass-media-fondi-direktori-lavozimiga-tayinlandi-22879111.html
Nozima Davletova Mass-media fondi direktori lavozimiga tayinlandi
Nozima Davletova Mass-media fondi direktori lavozimiga tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Uning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan. U jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega
2022-02-21T17:35+0500
2022-02-21T17:35+0500
2022-02-21T17:35+0500
siyosat
yangi tayinlov
milliy mass-media fondi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/15/22878911_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_e83dd772950f30f8c79956b09c9cdc7c.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilmoqda fond matbuot xizmatiUning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega. Gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.2021 yil fevralidan buyon Akbar Rizayev Mass-media fondi direktori sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 2019-yil noyabr oyida bir guruh tashabbuskor jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirish, media vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularni moddiy qo‘llash maqsadida tashkil etilgan. Komil Allamjonov Fond vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva rais o‘rinbosari.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/15/22878911_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_840a6a65d494ccf1461949587ce14595.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nozima davletova mass-media fondi direktor
nozima davletova mass-media fondi direktor
Nozima Davletova Mass-media fondi direktori lavozimiga tayinlandi
Davletovaning nomzodi Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori lavozimiga tayinlandi, deb
xabar qilmoqda fond matbuot xizmati
Uning nomzodi bu lavozimga Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan.
Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega. Gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.
2021 yil fevralidan buyon Akbar Rizayev Mass-media fondi direktori sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 2019-yil noyabr oyida bir guruh tashabbuskor jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari sohasini rivojlantirish, media vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularni moddiy qo‘llash maqsadida tashkil etilgan. Komil Allamjonov Fond vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva rais o‘rinbosari.