DXR va LXR rahbarlari Putindan ularni tan olishni so‘radi

© Sputnik / Sergey AverinDenis Pushilin
Denis Pushilin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
Pushilin aytishiga ko‘ra, Donbass aholisi o‘zini ruhan rus deb hisoblaydi va ularning asosiy maqsadi - Rossiya bilan integratsiya qilishdir.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. O‘zini o‘zi e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ularning mustaqilligini tan olishni so‘rab murojaat qilishdi.
Xususan, DXR rahbari Denis Pushilin aytishiga ko‘ra, Ukraina hukumati mojaroni kuch ishlatish yordamida hal qilmoqchi. Donbassda, Moskvaning hududda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholashadi, lekin ushbu kelishuvlar Kiyevga Vashingtondan harbiy yordam olishgan va o‘rnatilgan tinchlik rejimini buzishga to‘sqinlik qila olmayapti.
Mustaqilligini tan olishdan tashqari DXR rahbari Rossiya prezidentidan mudofaa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolashni ham iltimos qilgan.
Pushilin aytishiga ko‘ra, Donbass aholisi o‘zini ruhan rus deb hisoblaydi va ularning asosiy maqsadi - Rossiya bilan integratsiya qilishdir.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda Donbassda vaziyat jiddiy keskishlashdi. Ukraina Donbass hududda tinchlik o‘rnatish maqsadida oldin kelishilgan Minsk shartnomalariga zid ravishda, o‘z armiyasining katta qismini tutashuv chiziqlarida to‘plab, muntazam ravishda Lugansk va Donesk xalq respublikalari hududini o‘qqa tutmoqda, jumladan ta’qiqlangan qurolllar bilan ham.
So‘nggi ikki kun davomida Donbassdan ayollar, bolalar va keksalarni Rossiyaning Rostov viloyatiga evakuatsiya qilish boshlandi. Yakshanba kuni kechga qadar evakuatsiya qilingan aholi soni 30 mingdan oshib ketgan edi.
DXR va LXRda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Shu sababli ushbu yoshdagi erkaklarning respublikalar hududidan chiqishi taqiqlandi.
AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari Ukrainani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy instruktorlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Ushbu vaziyatda Moskva G‘arb davlatlarini bir necha marotaba Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni bas qilishga chaqirgan, chunki bu Kiyevni turli qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashi undashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0