DXR va LXRda vaziyat keskinlashmoqda. Onlayn reportaj
09:52 21.02.2022 (yangilandi: 19:58 21.02.2022)
© Sputnik / Maksim ZaxarovPredstavitel Sovmestnogo sentra kontrolya i koordinatsii rejima prekrasheniya ognya (SSKK) LNR vedot monitoring situatsii v rayone naselennogo punkta Stanitsa-Luganskaya
© Sputnik / Maksim Zaxarov
Obuna bo‘lish
Ukraina kuch ishlatar tizimlari o‘qqa tutishi oqibatida DNR va LNR harbiylari hamda tinch aholi orasida qurbonlar soni oshmoqda. Vaziyat tobora keskinlashmoqda.
TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Ukraina kuch ishlatar tizimlari o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donesk Xalq Respublikasi (DXR) va Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) hududlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda, vaziyat keskinlashmoqda deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
17:22 (msk) Gorlovkani o‘qqa tutish yana boshlandi.
17:18 G‘arbga ham Ukrainaga ham Donbass kerak emas, dedi Rossiya Xavfsizlik Kengashi majlisida Dmitriy Kozak. Hozir ushbu hududda sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklashga harakat qilishmoqda. Kozak aytishiga ko‘ra, Donbass bo‘yicha Ukraina bilan muzokaralar jarayoni - 2015-yildagi "nol" darajasiga tushib qolgan. "Ukraina Donbass uchun alohida maqom berish imkoniyatini ko‘rmayotgani aniq", - dedi u.
17:16 Kiyev bir soat ichida DXRda tinchlik rejimini besh marotaba buzdi.
17:04 Rossiya Xavfsizlik kengashi majlisida Vladimir Putin Donbass bo‘yicha qanday qaror qabul qilish kerakligini hal qilish kerak, dedi.
17:01 Ombudsmen Darya Morozova Kiyev tomonidan aytilgan Donbassda ommaviy qirg‘in qabrlari borligi haqida ma’lumotlarni rad etdi. Ombudsmen aytishiga ko‘ra 2014-yildan buyon 9 mingdan ortiq aholi qurbon bo‘lgan.
"Biz aybdorlarni har bir o‘lim uchun javob berishga majbur qilamiz. Harbiy jinoyatlarning muddati yo‘q", - dedi Morozova.
16:58 LXRning Prishib posolkasida yashovchi fuqaro Ukraina harbiylari otishmasi oqibatida og‘ir yaralandi. Uning oyog‘i amputatsiya qilindi.
16:56 Rossiya prezidenti Kiyev hukumati tomonidan Donbassda ikki marotaba jazo operatsiyalari o‘tkazilganini va hozir uchinchisi boshlanayotganini ma’lum qildi.
Putin Ukraina Minsk shartnomalarini bajarishni rejalashtirmayotganini va Donbassda yashayotgan aholi ustidan mazax qilayotganini aytib o‘tdi.
16:55 Rossiya boshidan Donbassdagi qarama-qarshiliklarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun barcha ishlarni amalga oshirgan edi.
16:45 DXR hukumati ma’lum qilishiga ko‘ra Ukraina harbiylari "Trudovskie" posolkasini o‘qqa tutdi.
16:40 Lugansk xalq respublikasi rahbari Leonid Pasechnik Vladimir Putindan LXRning mustaqilligini tan olishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev to‘laqonli hujumga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Pasechnik aytishiga ko‘ra, Respublikani tan olish uning aholisining jonini saqlab qoladi. ustiga ustak aholining 300 ming nafari - Rossiya fuqarolari.
Pasechnik shuningdek Rossiya bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolashni so‘radi.
16:37 Donesk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin Vladimir Putindan DXRning mustaqilligini tan olishni so‘radi.
Shuningdek, Respublika rahbari Putindan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasi imzolash imkonini ham ko‘rib chiqishni so‘radi. Pushilin aytishiga ko‘ra DXRning maqsadi - Rossiya bilan integratsiya qilish.
16:24 Orlov viloyatida DXR va LXr qochqinlari tufayli favqulodda vaziyat kiritildi.
16:24 Ukraina kuch tizimlari DXR hududini Minsk shartnomalari bilan ta’qiqlangan minalar bilan o‘qqa tutdi.
15:43 Rossiya harbiylari Ukrainaning diversion-razvedka guruhi tomonidan chegara buzilganini va 5 nafar qoidabuzar yo‘q qilinganini xabar qilishdi. Rossiya tomonidan qurbonlar yo‘q.
Rossiya harbiylari Ukraina tomonidan diversion guruhni tezkor evakuatsiya qilish maqsadida Rossiya chegarasini buzib o‘tgan riyodalar zirhli avtomobilini (BMP) ham yo‘q qilishgan.
15:11 Ukraina harbiylari LXR hududiga 1773 snarad va minalar otishgan. 18ta bino vayron qilingan.
14:40 DXRda o‘qqa tutish oqibatida "Lidiyevka" shaxtasini havo bilan ta’minlab turuvchi ventilyatorlar to‘xtab qolgan. Shu vaqt shaxta ichida bo‘lgan shaxtorlarning barchasini yer yuziga olib chiqilgan.
14:34 Basurin Donbassda urush bo‘layotganini va vaziyat kritik tus olayotganini DXRga Rossiyaning mooliyaviy va harbiy yordami kerakligini aytdi. Donbassda o‘n minglab odamlar ichimlik suvisiz qolgan, Kiyev aholini genotsid qilmoqda, dedi Basurin.
14:09 DXR hududi bo‘ylab bir sutka davomida 413 ta snarad, mina va granata otilgan.
14:00 DXRda "Trudovskaya" shaxtasi o‘qqa tutilishi oqibatida 814 ta uy aholisi elektr ta’minotisiz qoldi.
13:45 DXRdagi Skochinskiy shaxtasidan barcha konchilar yer yuziga olib chiqildi.
13:42 Yujno-Donbassk suv ta’minot tizimida nasos stansiyasi to‘xtab qolgani va markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimi to‘xtaganidan so‘ng, DXRda davlat miqyosida favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Aholiga suv tashib kelish boshlandi.
13:32 Ukraina harbiylari o‘qqa tutishi oqibatida Chelyuskinsev shaxtasida elektr ta’minoti uzildi. Yer ostida 100 nafar konchilar bor. Vaqtincha elektr ta’minoti tiklandi.
13:26 Basurin aytishiga ko‘ra, diyersion guruhlardan birining maqsadi artilleriya-raketa snaradlari omborxonasini portlatish bo‘lgan.
13:24 Ukraina kuch ishlatar tizimlari Donbassga bostirib kirish rejasini amalga oshirishni boshladi, dedi Basurin.
13:18 Doneskdagi Skochinskiy shaxtasi o‘qqa tutilishi oqibatida elektr ta’minotidan uzildi. Yer ostida 266 nafar shaxtorlar bor. Ular tezkor olib chiqilmoqda.
13:14 Donbassdan evakuatsiya qilinganlarga so‘nggi arizaga qadar yordam pullari to‘lab beriladi. (Kecha Vladimir Putin har bir evakuatsiya qilingan fuqaro uchun 10 ming rubldan yordam puli berish haqida farmon imzolagan edi)
13:08 (msk) DXRda 18-55 yoshli erkaklarni mobilizatsiya qilish davom etmoqda. Chaqiruv punktlarida navbatlar kuzatilmoqda.
13:03 DXR xalq militsiyasi Donesk markaziy shifoxonasi va elektropodstansiya shikstlanganini ma’lum qildi.
12:57 Luganskdan Rostov viloyatiga uchinchi evakuatsion poyezd yo‘lga chiqdi.
12:53 Staromixaylovkada joylashgan podstansiya Ukraina harbiylari o‘qqa tutishidan so‘ng ishdan chiqdi. Aholi punktining bir qismi elektr ta’minotisiz qoldi.
12:50 Ukraina tomonidan soat 09:50da otilgan snarad Rostov viloyatida, chegaradan 150 metr ichkaridan joylashgan chegara punktinini to‘liq buzdi, qurbonlar yo‘q, deb xabar qilmoqda Rossiya FXX.
12:46 Sverdlovsk viloyatida Donbassdan kelgan qochqinlar uchun masofaviy ta’lim tashkil qilinadi, dedi vitse-gubernator Pavel Krekov.
12:39 FVV Rossiyaning 43ta viloyati Donbassdan qochqinlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Ular uchun 400ta vaqtincha yashash punktlari tayyorlanmoqda.
12:37 DXR rahbaria Denis Pushilin Yelenovkadagi neft bazasida va "Stirol" zavodida teraktlarning oldi olinganini ma’lum qildi.
12:29 Shuningdek Pushilin Ukraina harbiylari aholi yashash punktlari tomon 1,7 mingta snarad va minalar bilan o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Mariupol yo‘nalishida vaziyat keskinlashgani va Rossiya chegarasi yaqinida ukrainalik diversion guruh bilan jang bo‘lib o‘tgani ham aytib o‘tildi.
12:10 Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Donbass qochqinlarini evakuatsiya qilishni quyidagicha izohladi.
"Bu o‘zini o‘zi e’lon qilgan respublikalar murojaatiga ko‘ra amalga oshirilmoqda. Joyida tahdid ko‘lami biz tasavvur qilgandan ko‘ra dahshatliroq his qilinadi", — dedi u.
11:17 (msk) Donesk aeroporti yaqinida portlash sodir bo‘ladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri.
11:16 DXR militsiyasi xabariga ko‘ra, bugun tong soat 04:45da Temiryo‘l tumanida joylashgan bozoriga kirish joyida ukrainalik diversant portlovchi moslama o‘rnatish vaqtida portlab ketgan. Uning yonidan ikkinchi portlovchi uskuna solingan sumka topilgan.
10:48 Doneskda ukraina harbiylari o‘qidan yana bir tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi.
10:24 Ukraina harbiylari DXRdagi Vasilyevka posolkasini granatomotlardan o‘qqa tutishdi. Jami 27ta granata otildi.
10:18 DXR xabariga ko‘ra, Rossiya chegarasi tomon harakatlanayotgan diversion guruh aniqlangan. DXR xalq militsiyasining raketa-artilleriya skladi portlatilgan. Markaziy ko‘chalar yopilgan, diversion guruhga qarshi jang bo‘lmoqda.
09:38 Rostov viloyatida DXR va LXR qochqinlariga bepul sim-kartalar tarqatila boshlandi.
09:30 Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra ayni damda Rossiya chegarasini DXR va LXR tomonidan 61 ming nafar qochqin kesib o‘tgan.
09:29 DXR ma’lum qilishicha, Doneskda ikkita maktab o‘qqa tutilgan. 105 maktabning fasad qismi shikastlangan 56-maktabning oynalari singan.
09:27 Ukraina kuch ishlatar tizimlari DXR hududiga o‘tgan bir sutka davomida 730 o‘q, snarad va minalar otdi, deb xabar qildi O‘qqa tutishni bartaraf etish qo‘shma markazi (SSKK) vakili.
09:17 Ukraina kuchlari zarbasi oqibatida "Trudovskaya" shaxtorlar posolkasida avtobus bekatida fuqaro qurbon bo‘ldi - u ertalabgi smenaga ishga ketayotgan shaxtor edi, deb xabar qildi DXR.
09:15 Bir harbiy og‘ir jarohat oldi, ikki nafar - kontuziya bo‘ldi.
09:13 DXR xalq militsiyasi bir nafar harbiy qurbon bo‘lgani haqida xabar qildi.
09:08 Voronej viloyatida to‘rtta aholini vaqtincha qabul qilish punktlari DXR va LXRdan 603 nafar qochqinlarni qabul qildi. Ular orasida 261 nafar yosh bola bor.
09:07 Rossiyaning yana ikki hududi DXR va LXRdan qonchinlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bular Kemerovo viloyati va Zabaykalskiy o‘lkasi.
08:57 Rossiyaning Saratov viloyati gubernatori DXR va LXRdan ko‘p sonli qochqinlar kelishi munosabati bilan hududda Favqulodda vaziyat e’lon qildi. Biroz oldin Penza viloyatida ham ushbu munosabat bilan FV e’lon qilingan edi.
07:40 Ukraina harbiylari Staromixaylovka aholi punktini Minsk shartnomalari bilan ta’qiqlangan minalar bilan o‘qqa tutdi. Jami 14 mina otildi.
07:08 Petrovskoe aholi punkti Minsk shartnomalari bilan ta’qiqlangan minalar bilan o‘qqa tutdi. Jami 26ta mina otildi.
07:05 (Moskva vaqti). Kiyev LXR va DXR Donbass bo‘yicha kontakt guruh majlisi chaqirishsa Rossiya ham unda ishtirok etishga tayyor.
06:22 DXR va LXR hududlarini o‘qqa tutish davom etmoqda. soat 5:43da Krasniy Yar nomli aholi punkti o‘qqa tutildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra u yerda 3ta uy vayron bo‘lgan.
05:36 Soat 04:35da Stanitsa luganskaya tomonidan "Prigorodnoe" bog‘bonlik kooperativi o‘qqa tutilgan. Bitta uy vayron qilingan.
04:23 Yakshanba kuni kechqurun Ukraina kuch ishlatar tizimlari LXR hududini Minsk shartnomalari bo‘ycha ta’qiqlangan 120 millimetrli snaradlar bilan 9 marotaba o‘qqa tutgan. Buning oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgan. Shunday qilib tinch aholi orasida qurbonlar soni 4 kishiga yetdi.
DXR hududida joylashgan Zachenko aholi punkti 122 millimetrli snaradlar bilan 12 marotaba o‘qqa tutilgan.
00:21 LXR xalq militsiyasi xabariga ko‘rao‘tgan sutka davomida Ukraina kuch ishlatar tizimlari 66 marotaba o‘t ochish rejimini to‘xtatish haqidagi shartnomaga zid ravishda respublika hududidni o‘qqa tutgan. Uch nafar tinch aholi vakili yaralangan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda Donbassda vaziyat jiddiy keskishlashdi. Ukraina Donbass hududda tinchlik o‘rnatish maqsadida oldin kelishilgan Minsk shartnomalariga zid ravishda, o‘z armiyasining katta qismini tutashuv chiziqlarida to‘plab, muntazam ravishda Lugansk va Donesk xalq respublikalari hududini o‘qqa tutmoqda, jumladan ta’qiqlangan qurolllar bilan ham.
So‘nggi ikki kun davomida Donbassdan ayollar, bolalar va keksalarni Rossiyaning Rostov viloyatiga evakuatsiya qilish boshlandi. Yakshanba kuni kechga qadar evakuatsiya qilingan aholi soni 30 mingdan oshib ketgan edi.
DXR va LXRda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Shu sababli ushbu yoshdagi erkaklarning respublikalar hududidan chiqishi taqiqlandi.
AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari Ukrainani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy instruktorlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Ushbu vaziyatda Moskva G‘arb davlatlarini bir necha marotaba Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni bas qilishga chaqirgan, chunki bu Kiyevni turli qaltis harbiy xatti-harakatlarni boshlashi undashi mumkin.