https://oz.sputniknews.uz/20220219/sol-elita-proletariatni-bostirmoqda-22843828.html
So‘l elita proletariatni bostirmoqda
So‘l elita proletariatni bostirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb ommaviy axborot vositalari “Ukrainadagi urush” haqida soxta xabarlar tarqatayotgan bir paytda bu mamlakatlarda sinfiy kurashning navbatdagi bosqichi boshlandi.
2022-02-19T22:00+0500
2022-02-19T22:00+0500
2022-02-19T22:00+0500
kolumnistlar
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22730481_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2ad4b713e709ab5f1b1282f6ab13a318.jpg
Ukrainadagi maynavozchilikdan farqli o‘laroq, bu yerda hammasi biroz jiddiy: shaharlardagi minglab norozilik namoyishlari, politsiya qo‘rqitishi, repressiyalar, faollarning ta’qib qilinishi, harakatning xalqaro harakteri. Bu gal namoyishchilar “Ozodlik konvoyi” shiori ostida birlashgan.Harakat yanvar oyi oxirida Kanadada paydo bo‘lgan. Hukumatning AQSh bilan chegarasida emlanganlik sertifikatini taqdim etish va agar bo‘lmasa ikki haftalik karantinga o‘tish talabi mahalliy yuk tashuvchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchilari to‘planib, butun mamlakat bo‘ylab yurish qilishgan.23 yanvar kuni yuzlab yuk mashinalari Ottavaga norozilik bildirish uchun yo‘l oldi.Bosh vazir Jastin Trudo bir necha kun ketma-ket og‘zidan ko‘pik sochib, yuk tashuvchilarni qoralagan, ularni “marginallar” va “antivakserlar”a’ni vaksinaga qarshi chiqqanlardeya haqorat qilgan. Bosh vazir politsiya namoyishchilarni to‘xtata olishiga umid qilgan shekilli. NamoyishchilarningOttavagacha kelishi aniq bo‘lgach, davlat rahbari oilasini olib, qandaydir bunkerga yashirinib oldi.Yo‘q, albatta hamma Lukashenko bo‘lolmasligi aniq.Ko‘ksini tutib mamlakatni himoya qilish va kalashnikov bilan yurish, albatta, Belarus bahodirining noyob qismatidir. Hatto ba’zi Saakashviliga o‘xshaganlar ham fuqarolar noroziligiga duch kelganida o‘zini anchayin dadilroq tutgan edi.Bundan tashqari, kanadalik yuk mashina haydovchilari hech narsaga tegmasligi va hukumatni ag‘darib tashlash niyati yo‘qligini oldindan e’lon qilgan. Ular axir Black Lives Matters ya’ni qora tanlilarning hayoti muhim emas, ularda namoyishlar nihoyatda qattiq tartib-qoidalar bilan o‘tkaziladi. Namoyishchilar ham aniq talablar bilan noroziligini bildiradi. Xullas, Trudoning butun oilasi bilan qochishi juda xunuk ko‘rindi.Ottavaga yetib borgan haydovchilar shaharning markaziy ko‘chalarida lager qurishdi. Harakat qilish, albatta, murakkabroq bo‘lib chiqdi, biroq - hayratlanarlisi- shahar aholisi ularni ovqatlantirish va benzin bilan ta’minlashni boshladilar. Bir hafta davomida yuk mashinangizda o‘zingiz va oilangiz bilan yashashni tasavvur qilib ko‘ring. Agar shahar aholisining ommaviy qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganda "Ozodlik konvoyi" allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Aholi haydovchilarni yuvinib olish va uxlab dam olishi uchun uylariga taklif qilishdi, ularga ko‘p oziq-ovqatlar olib kelishdi, yoqilg‘i bilan ta’minlab turishdi. Politsiya esa buyruqqa zid ravishda namoyishchilarni hibsga olish o‘rniga ularga yordam berdi.31 yanvar kuni yuk mashinalari AQSh va Kanada o‘rtasidagi chegaraga ko‘chib o‘tdi va ikki davlatni bog‘lovchi chegara o‘tish joylari, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni uslubiy jihatdan to‘sib qo‘ydi. Ushbu qamalning iqtisodiy ko‘lamini hatto tasavvur qilish qiyin. Faqat Ambassador ko‘prigi orqali Qo‘shma Shtatlar Kanadaga Yaponiya bilan bir xil miqdorda tovarlarni yetkazib beradi. Shunga ko‘ra, Kanada biznesi uchun ham AQSh eng katta bozor hisoblanadi. Va endi bu barcha savdo aloqalari uzilib qoldi. Ammo, qanchalar g‘alati bo‘lmasin, xalq haydovchilar inqilobini qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.31-yanvarning o‘zida harakat hisobiga to‘qqiz million (kanada)dollardan ko‘proq pul kelib tushgan. Hokimiyat nima qilganini taxmin qiling endi. To‘g‘ri: ular kraudfanding platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ilgan pulni Konvoyga o‘tkazishni taqiqlashdi.Bundan keyin esa pinochetizm boshlandi. “Konvoy”ga xayriya qilgan fuqarolarning ma’lumotlari oshkor etildi vaommagae’lon qilindi. Endi esa bu shaxslarning jarimaga tortilishi va bank hisoblari bloklanishi kutilmoqda. Xayriya qilingan bir kanistr benzin uchun ham jarima va ikki yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Allaqachon hibsga olish jarayonlari boshlangan.Jastin Trudo vanihoyat bunkerdan chiqdi - faqat mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish uchun. Bu muloyimlik bilan aytganda "favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonun" deb nomlanadi. Lekin mohiyatiga ko‘ra u qatag‘on, sudsiz o‘ldirish va siyosiy raqiblarga qarshi armiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Kanada tarixidagi yagona vaqt bu qonunni o‘sha paytda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan Jastin Trudoning otasi ham qo‘llagan. O‘sha vaqt ya’ni 1970-yilda Kvebek otishma va portlashlar bilan Kanadadan ajralib chiqishga harakat qilgan edi.Demokratik xorda barcha insofsiz OAVlar “Ozodlik konvoyi”ni badnom qilishmoqda. Namoyishchilar orasida darhol mizoginistlar, irqchilar, millatchilar va ajralmas oq suprematistlarni va hatto - bunga ishonish qiyin - insellarni (jinsiy aloqa yetishmasligidan azob chekayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda qayg‘u va hasratlarini to‘kayotgan erkaklar) “topdilar”.Qayerdan buncha g‘azab? Axir, so‘z bilan aytganda, butun Kanada elitasi Troskiyning o‘zidanda so‘lroq. U tenglik va ozchilikni tashkil qiladigan aholi qatlami huquqlari uchun kechayu kunduz kurashadi. Ammo endi sinfiy janglar maydoniga vayron bo‘lgan va lumpenizatsiyalangan mayda burjuaziya ko‘magida asosiy mijozi klassik proletariat kirganga o‘xshaydi. Va bunda ham unga mazkur elita rotveylerlar to‘dasi kabi otilib chiqadi.Propaganda jazavasi, albatta, qo‘rquv bilan izohlash mumkin: noroziliklar o‘zining favqulodda ijtimoiy kengligi bilan ajralib turadi. “Ozodlik konvoyi”ni o‘qituvchi va ishchilar, yog‘och teruvchi va baliqchilar, kichik biznes egalari va fermerlar, umuman, deyarli hamma qo‘llab-quvvatlamoqda.Biroq, emlanganlik sertifikatlari barchasiga faqat bahona. Birinchi qo‘lga ilingan voqea ekanligini aniq. Kanada emlashlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biridir. Xuddi shu yuk mashinalari haydovchilarining 85 dan 90%i emlangan.Yo‘q, namoyishchilar ukoldan qo‘rqmaydi, gap butunlay boshqa masalada. Pandemiya ba’zi doiralar uchun odatiy turmush tarzini deyarli butunlay yo‘q qilgan va avvalgi farovonligini buzgan ma’muriy choralarni ko‘rish imkoniyatiga aylanganini ular fahmlashgan.Mamlakat deyarli ikki yildan beri lokdaunda yashadi. Kichik biznes inqirozga uchradi. Niqob rejimi va kovid pasportlari ham qolgan barchasini tugatdi. Kanada va AQSh o‘rtasidagi harakat, barcha yuk tashuvlari hukumat qarorlari bilan sun’iy ravishda sekinlashtirildi.Odamlar “kovidga oid cheklovlari” ularni ishdan mahrum qilgani, yetkazib berish zanjirlarini buzgani va narxlarni ko‘targanini kuzatdi. Rasmiylar hammasida pandemiyani aybladilar, ammo ularning o‘zi shunday qarorlarni qabul qilganku. Aynan mamlakat hukumati ataylab tanqislikni yaratgan va logistikani yo‘q qilgan.Va bularning barchasi uchun badalni oddiy fuqarolar to‘ladi. Mamlakat rasmiylari inflyatsiya uchun turli raqamlarni chizib qo‘yishdi, ammo bu yerda bitta fakt: kuzda kanadaliklarning deyarli yarmi go‘sht sotib olishga imkoni yetmasligini tan olgan. Joriy yilda esanarxlar o‘sishining yangi bosqichi rejalashtirilgan.Xuddi shu manzara kontinental Yevropa va AQShda ham kuzatilmoqda. “Ozodlik konvoyi” g‘oyasi u yerda ham tez tarqalib ketgan bo‘lsa ajab emas. Shtatlarda uni respublikachilar, katta va kichik Tramplarqo‘llab-quvvatlaydi. Yevropada yuk mashinalari haydovchilari "sariq jiletlilar"ga qo‘shilishdi va ular birgalikda shaharlarni blokirovka qilishga va kovid cheklovlariga qarshi norozilik bildirishga harakat qilmoqda. Fevral oyida o‘n minglab odamlar Parij, Brussel, Biarritse va Larnakada “bizning va sizning ozodligingiz uchun” kurash olib borishdi. “Ozodlik karvoni” aksiyalari Avstraliyada ham, Yangi Zelandiyada ham o‘tkazilmoqda.Rasmiylar esa bir xil munosabat bildirmoqda: hibsga olishlar, jarimalar, suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz. Tashkilot vakillari yana koronavirus mavzusini jalb qilmoqda. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Klement Bon harakatni “Uyat va xudbinlik konvoyi” deb atadi. Propaganda protestantlarni antivakser deya badnom qilmoqda. Vaholanki, gap umuman emlashda emasligi, balki pandemiya bahonasida sobiq “oltin milliard” aholini ish, daromad, mulk va huquqdan tortib, maydonga olib chiqish va hokimiyatni javobgarlikka tortishgacha barcha huquqlaridan mahrum qilinayotganini hamma tushunadi“Ozodlik konvoyi” qisman o‘z maqsadlariga erisha oldi. Kanada, Germaniya, Avstriya asta-sekin eng bema’ni kovid cheklovlari bekor qilishni boshladi. Biroq, G‘arb elitasi turli norozilik aksiyalarini bostirishda qanchalik mohir ekanligini biz ko‘p marta ko‘rganmiz. Qani bir paytlar ancha shovqin qilgan Occupy Wall Street? Qani boylarning bir foizga qarshi qilgan harakati? 2012-yilda Afinani vayron qilgan yoki bir yil avval Vashington Kapitoliysiga bostirib kirgan namoyishchilar qayerda? Boshqalar yo‘q, ular esa ... panjara ortida.Haqiqiy vijdonli marksistlar Ozodlik konvoyi tashkilotchilik va aniq siyosiy maqsadlar yo‘qligi uchun halokatga mahkum deyishgan bo‘lardi. Lekin, to‘g‘risini aytganda, Marks bunday holatni hatto tushida ham ko‘rmagan. Uning davrida hamma narsa tushunarli edi. Proletar toshni yo‘lakdan burib, qirol yoki podshohni ag‘darish uchun bora olardi. Hokimlik bor edi: mana, zarhal panjaralari ortida, arava oynasi tashqarisida, qo‘l uzatsa yetadigan masofada turibdi.Bugungi kunda proletarlar, lumpenlar va ularga qo‘shilgan sobiq o‘rta sinf qandaydir ko‘rinmas dushmanga qarshi kurashmoqda. Kanada taxtini otasidan meros qilib olgan Jastin Trudoni haqiqiy siyosatchi deb o‘ylamang. Yoki fransuz Rotshildlari tomonidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Emmanuel Makronni olaylik. Bularning barchasi osongina almashtiriladigan qo‘g‘irchoqlar ekanligi juda aniq. Qarang, ulardan yana qanchasi Ukrainada ham bor – xo‘sh nima qilibdi? Ommaning qashshoqlashishi tendensiyasi yo‘qolmagan. Bu global miqyosdagi masala va unga qarshi faqat haqiqiy suveren davlatlar kurasha oladi.Ushbu tendensiyani kim amalga oshiradi, qanday ma’muriy resurslardan foydalaniladi, sayyoramizdagi eng boy mamlakatlar hukumatlari faoliyatida hayratlanarli muvofiqlashtirishga qanday erishadilar - bu, albatta, davrimizning eng qiziqtirgan savolidir. Axir, iqtisodga “buzg‘unchi” ta’sir ko‘rsatish, ta’minot zanjirlarini buzish va sun’iy ravishda kamomad yaratish kimlar uchun foydalidir. Kimdir bundan pul to‘plamoqda. Va bu xalq ommasi “noma’lum otalar”ni topmaguncha, balcha norozilikdan hech qanday naf bo‘lmay qolaveradi.Va kovid cheklovlarining o‘zi sog‘liq uchun tibbiy-sanitar choradir. Oddiy demokratik mamlakatlarda ular keng muhokama qilinadi. QR kodlar g‘oyasini xalqimiz madaniyatli muhokama qilib, umuman ma’qullamaguncha ikki oy o‘tmagan edi. Davlat Dumasi unga ko‘ra qonun loyihasini qaytarib oldi va mana hayot davom etapti. Hukumat saylovchilar oldidagi mas’uliyatini anglagan demokratik davlatlar shunday qiladi."Oltin milliard" barcha mamlakatlarida kovid diktaturasi-katta jarimalar, qamoq, emlanmaganlar uchun amalda uy qamog‘i–hech qanday ruxsatsiz, odamlarga ochiq, namoyishkorona nafrat bilan joriy etilgan. Aynan shuning uchun ham boy mamlakatlarning kambag‘al saylovchilari norozilik bildirmoqda. Bir vaqtlar ular "oltin milliard" deb atalar edi. Bugun bu istehzoli eshitiladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0e/22730481_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ebeaabbf2f1bb11a1ec64a99ad2f06cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
so‘l elita proletariatni bostirmoqda
so‘l elita proletariatni bostirmoqda
So‘l elita proletariatni bostirmoqda
G‘arb ommaviy axborot vositalari “Ukrainadagi urush” haqida soxta xabarlar tarqatayotgan bir paytda bu mamlakatlarda sinfiy kurashning navbatdagi bosqichi boshlandi.
Ukrainadagi maynavozchilikdan farqli o‘laroq, bu yerda hammasi biroz jiddiy: shaharlardagi minglab norozilik namoyishlari, politsiya qo‘rqitishi, repressiyalar, faollarning ta’qib qilinishi, harakatning xalqaro harakteri. Bu gal namoyishchilar “Ozodlik konvoyi” shiori ostida birlashgan.
Harakat yanvar oyi oxirida Kanadada paydo bo‘lgan. Hukumatning AQSh bilan chegarasida emlanganlik sertifikatini taqdim etish va agar bo‘lmasa ikki haftalik karantinga o‘tish talabi mahalliy yuk tashuvchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchilari to‘planib, butun mamlakat bo‘ylab yurish qilishgan.
23 yanvar kuni yuzlab yuk mashinalari Ottavaga norozilik bildirish uchun yo‘l oldi.
Bosh vazir Jastin Trudo bir necha kun ketma-ket og‘zidan ko‘pik sochib, yuk tashuvchilarni qoralagan, ularni “marginallar” va “antivakserlar”a’ni vaksinaga qarshi chiqqanlardeya haqorat qilgan. Bosh vazir politsiya namoyishchilarni to‘xtata olishiga umid qilgan shekilli. NamoyishchilarningOttavagacha kelishi aniq bo‘lgach, davlat rahbari oilasini olib, qandaydir bunkerga yashirinib oldi.
Yo‘q, albatta hamma Lukashenko bo‘lolmasligi aniq.Ko‘ksini tutib mamlakatni himoya qilish va kalashnikov bilan yurish, albatta, Belarus bahodirining noyob qismatidir. Hatto ba’zi Saakashviliga o‘xshaganlar ham fuqarolar noroziligiga duch kelganida o‘zini anchayin dadilroq tutgan edi.
Bundan tashqari, kanadalik yuk mashina haydovchilari hech narsaga tegmasligi va hukumatni ag‘darib tashlash niyati yo‘qligini oldindan e’lon qilgan. Ular axir Black Lives Matters ya’ni qora tanlilarning hayoti muhim emas, ularda namoyishlar nihoyatda qattiq tartib-qoidalar bilan o‘tkaziladi. Namoyishchilar ham aniq talablar bilan noroziligini bildiradi. Xullas, Trudoning butun oilasi bilan qochishi juda xunuk ko‘rindi.
Ottavaga yetib borgan haydovchilar shaharning markaziy ko‘chalarida lager qurishdi. Harakat qilish, albatta, murakkabroq bo‘lib chiqdi, biroq - hayratlanarlisi- shahar aholisi ularni ovqatlantirish va benzin bilan ta’minlashni boshladilar. Bir hafta davomida yuk mashinangizda o‘zingiz va oilangiz bilan yashashni tasavvur qilib ko‘ring. Agar shahar aholisining ommaviy qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganda "Ozodlik konvoyi" allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Aholi haydovchilarni yuvinib olish va uxlab dam olishi uchun uylariga taklif qilishdi, ularga ko‘p oziq-ovqatlar olib kelishdi, yoqilg‘i bilan ta’minlab turishdi. Politsiya esa buyruqqa zid ravishda namoyishchilarni hibsga olish o‘rniga ularga yordam berdi.
31 yanvar kuni yuk mashinalari AQSh va Kanada o‘rtasidagi chegaraga ko‘chib o‘tdi va ikki davlatni bog‘lovchi chegara o‘tish joylari, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni uslubiy jihatdan to‘sib qo‘ydi. Ushbu qamalning iqtisodiy ko‘lamini hatto tasavvur qilish qiyin. Faqat Ambassador ko‘prigi orqali Qo‘shma Shtatlar Kanadaga Yaponiya bilan bir xil miqdorda tovarlarni yetkazib beradi. Shunga ko‘ra, Kanada biznesi uchun ham AQSh eng katta bozor hisoblanadi. Va endi bu barcha savdo aloqalari uzilib qoldi. Ammo, qanchalar g‘alati bo‘lmasin, xalq haydovchilar inqilobini qo‘llab-quvvatlashda davom etdi.
31-yanvarning o‘zida harakat hisobiga to‘qqiz million (kanada)dollardan ko‘proq pul kelib tushgan. Hokimiyat nima qilganini taxmin qiling endi. To‘g‘ri: ular kraudfanding platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ilgan pulni Konvoyga o‘tkazishni taqiqlashdi.
Bundan keyin esa pinochetizm boshlandi. “Konvoy”ga xayriya qilgan fuqarolarning ma’lumotlari oshkor etildi vaommagae’lon qilindi. Endi esa bu shaxslarning jarimaga tortilishi va bank hisoblari bloklanishi kutilmoqda. Xayriya qilingan bir kanistr benzin uchun ham jarima va ikki yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Allaqachon hibsga olish jarayonlari boshlangan.
Jastin Trudo vanihoyat bunkerdan chiqdi - faqat mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish uchun. Bu muloyimlik bilan aytganda "favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonun" deb nomlanadi. Lekin mohiyatiga ko‘ra u qatag‘on, sudsiz o‘ldirish va siyosiy raqiblarga qarshi armiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Kanada tarixidagi yagona vaqt bu qonunni o‘sha paytda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan Jastin Trudoning otasi ham qo‘llagan. O‘sha vaqt ya’ni 1970-yilda Kvebek otishma va portlashlar bilan Kanadadan ajralib chiqishga harakat qilgan edi.
Demokratik xorda barcha insofsiz OAVlar “Ozodlik konvoyi”ni badnom qilishmoqda. Namoyishchilar orasida darhol mizoginistlar, irqchilar, millatchilar va ajralmas oq suprematistlarni va hatto - bunga ishonish qiyin - insellarni (jinsiy aloqa yetishmasligidan azob chekayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda qayg‘u va hasratlarini to‘kayotgan erkaklar) “topdilar”.
Qayerdan buncha g‘azab? Axir, so‘z bilan aytganda, butun Kanada elitasi Troskiyning o‘zidanda so‘lroq. U tenglik va ozchilikni tashkil qiladigan aholi qatlami huquqlari uchun kechayu kunduz kurashadi. Ammo endi sinfiy janglar maydoniga vayron bo‘lgan va lumpenizatsiyalangan mayda burjuaziya ko‘magida asosiy mijozi klassik proletariat kirganga o‘xshaydi. Va bunda ham unga mazkur elita rotveylerlar to‘dasi kabi otilib chiqadi.
Propaganda jazavasi, albatta, qo‘rquv bilan izohlash mumkin: noroziliklar o‘zining favqulodda ijtimoiy kengligi bilan ajralib turadi. “Ozodlik konvoyi”ni o‘qituvchi va ishchilar, yog‘och teruvchi va baliqchilar, kichik biznes egalari va fermerlar, umuman, deyarli hamma qo‘llab-quvvatlamoqda.
Biroq, emlanganlik sertifikatlari barchasiga faqat bahona. Birinchi qo‘lga ilingan voqea ekanligini aniq. Kanada emlashlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biridir. Xuddi shu yuk mashinalari haydovchilarining 85 dan 90%i emlangan.
Yo‘q, namoyishchilar ukoldan qo‘rqmaydi, gap butunlay boshqa masalada. Pandemiya ba’zi doiralar uchun odatiy turmush tarzini deyarli butunlay yo‘q qilgan va avvalgi farovonligini buzgan ma’muriy choralarni ko‘rish imkoniyatiga aylanganini ular fahmlashgan.
Mamlakat deyarli ikki yildan beri lokdaunda yashadi. Kichik biznes inqirozga uchradi. Niqob rejimi va kovid pasportlari ham qolgan barchasini tugatdi. Kanada va AQSh o‘rtasidagi harakat, barcha yuk tashuvlari hukumat qarorlari bilan sun’iy ravishda sekinlashtirildi.
Odamlar “kovidga oid cheklovlari” ularni ishdan mahrum qilgani, yetkazib berish zanjirlarini buzgani va narxlarni ko‘targanini kuzatdi. Rasmiylar hammasida pandemiyani aybladilar, ammo ularning o‘zi shunday qarorlarni qabul qilganku. Aynan mamlakat hukumati ataylab tanqislikni yaratgan va logistikani yo‘q qilgan.
Va bularning barchasi uchun badalni oddiy fuqarolar to‘ladi. Mamlakat rasmiylari inflyatsiya uchun turli raqamlarni chizib qo‘yishdi, ammo bu yerda bitta fakt: kuzda kanadaliklarning deyarli yarmi go‘sht sotib olishga imkoni yetmasligini tan olgan. Joriy yilda esanarxlar o‘sishining yangi bosqichi rejalashtirilgan.
Xuddi shu manzara kontinental Yevropa va AQShda ham kuzatilmoqda. “Ozodlik konvoyi” g‘oyasi u yerda ham tez tarqalib ketgan bo‘lsa ajab emas. Shtatlarda uni respublikachilar, katta va kichik Tramplarqo‘llab-quvvatlaydi. Yevropada yuk mashinalari haydovchilari "sariq jiletlilar"ga qo‘shilishdi va ular birgalikda shaharlarni blokirovka qilishga va kovid cheklovlariga qarshi norozilik bildirishga harakat qilmoqda. Fevral oyida o‘n minglab odamlar Parij, Brussel, Biarritse va Larnakada “bizning va sizning ozodligingiz uchun” kurash olib borishdi. “Ozodlik karvoni” aksiyalari Avstraliyada ham, Yangi Zelandiyada ham o‘tkazilmoqda.
Rasmiylar esa bir xil munosabat bildirmoqda: hibsga olishlar, jarimalar, suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz. Tashkilot vakillari yana koronavirus mavzusini jalb qilmoqda. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Klement Bon harakatni “Uyat va xudbinlik konvoyi” deb atadi. Propaganda protestantlarni antivakser deya badnom qilmoqda. Vaholanki, gap umuman emlashda emasligi, balki pandemiya bahonasida sobiq “oltin milliard” aholini ish, daromad, mulk va huquqdan tortib, maydonga olib chiqish va hokimiyatni javobgarlikka tortishgacha barcha huquqlaridan mahrum qilinayotganini hamma tushunadi
“Ozodlik konvoyi” qisman o‘z maqsadlariga erisha oldi. Kanada, Germaniya, Avstriya asta-sekin eng bema’ni kovid cheklovlari bekor qilishni boshladi. Biroq, G‘arb elitasi turli norozilik aksiyalarini bostirishda qanchalik mohir ekanligini biz ko‘p marta ko‘rganmiz. Qani bir paytlar ancha shovqin qilgan Occupy Wall Street? Qani boylarning bir foizga qarshi qilgan harakati? 2012-yilda Afinani vayron qilgan yoki bir yil avval Vashington Kapitoliysiga bostirib kirgan namoyishchilar qayerda? Boshqalar yo‘q, ular esa ... panjara ortida.
Haqiqiy vijdonli marksistlar Ozodlik konvoyi tashkilotchilik va aniq siyosiy maqsadlar yo‘qligi uchun halokatga mahkum deyishgan bo‘lardi. Lekin, to‘g‘risini aytganda, Marks bunday holatni hatto tushida ham ko‘rmagan. Uning davrida hamma narsa tushunarli edi. Proletar toshni yo‘lakdan burib, qirol yoki podshohni ag‘darish uchun bora olardi. Hokimlik bor edi: mana, zarhal panjaralari ortida, arava oynasi tashqarisida, qo‘l uzatsa yetadigan masofada turibdi.
Bugungi kunda proletarlar, lumpenlar va ularga qo‘shilgan sobiq o‘rta sinf qandaydir ko‘rinmas dushmanga qarshi kurashmoqda. Kanada taxtini otasidan meros qilib olgan Jastin Trudoni haqiqiy siyosatchi deb o‘ylamang. Yoki fransuz Rotshildlari tomonidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Emmanuel Makronni olaylik. Bularning barchasi osongina almashtiriladigan qo‘g‘irchoqlar ekanligi juda aniq. Qarang, ulardan yana qanchasi Ukrainada ham bor – xo‘sh nima qilibdi? Ommaning qashshoqlashishi tendensiyasi yo‘qolmagan. Bu global miqyosdagi masala va unga qarshi faqat haqiqiy suveren davlatlar kurasha oladi.
Ushbu tendensiyani kim amalga oshiradi, qanday ma’muriy resurslardan foydalaniladi, sayyoramizdagi eng boy mamlakatlar hukumatlari faoliyatida hayratlanarli muvofiqlashtirishga qanday erishadilar - bu, albatta, davrimizning eng qiziqtirgan savolidir. Axir, iqtisodga “buzg‘unchi” ta’sir ko‘rsatish, ta’minot zanjirlarini buzish va sun’iy ravishda kamomad yaratish kimlar uchun foydalidir. Kimdir bundan pul to‘plamoqda. Va bu xalq ommasi “noma’lum otalar”ni topmaguncha, balcha norozilikdan hech qanday naf bo‘lmay qolaveradi.
Va kovid cheklovlarining o‘zi sog‘liq uchun tibbiy-sanitar choradir. Oddiy demokratik mamlakatlarda ular keng muhokama qilinadi. QR kodlar g‘oyasini xalqimiz madaniyatli muhokama qilib, umuman ma’qullamaguncha ikki oy o‘tmagan edi. Davlat Dumasi unga ko‘ra qonun loyihasini qaytarib oldi va mana hayot davom etapti. Hukumat saylovchilar oldidagi mas’uliyatini anglagan demokratik davlatlar shunday qiladi.
"Oltin milliard" barcha mamlakatlarida kovid diktaturasi-katta jarimalar, qamoq, emlanmaganlar uchun amalda uy qamog‘i–hech qanday ruxsatsiz, odamlarga ochiq, namoyishkorona nafrat bilan joriy etilgan. Aynan shuning uchun ham boy mamlakatlarning kambag‘al saylovchilari norozilik bildirmoqda. Bir vaqtlar ular "oltin milliard" deb atalar edi. Bugun bu istehzoli eshitiladi.