https://oz.sputniknews.uz/20220218/ozbekiston-va-tojikiston-migratsiya-sohasida-hamkorlik-qilishga-kelishib-oldi-22829648.html
O‘zbekiston va Tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston delegatsiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Delegatsiyasiga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdulg‘affor Rahmonzoda boshchilik qildi.
2022-02-18T15:08+0500
2022-02-18T15:08+0500
2022-02-18T15:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tojikiston
migratsiya
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_0:35:1200:710_1920x0_80_0_0_09045fcd6117f9b0be3a2bda4ffcb533.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tojikiston delegatsiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston respublika Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.Tojikiston delegatsiyasiga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdulg‘affor Rahmonzoda boshchilik qildi.Muzokaralar natijasida tomonlar 4ta hujjat imzoladi.O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tojikiston Mehnat vazirligi huzuridagi migratsiya xizmati o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum va deklaratsiya imzolandi.Mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va kasb-hunar ta’limi sohasida loyihalarni boshqarishda hamkorlik qilish deklaratsiyasini amalga oshirish rejasi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.Qayd etilishicha, mazkur majburiyatlarning amalga oshirilishi qo‘shni respublikalarning mehnat va bandlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.Bitimlar mehnat bozorini o‘rganish, kadrlar tayyorlash va yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassislarni o‘qitish sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_140:0:1038:673_1920x0_80_0_0_be9a38519cde710c3ce3efd00560adde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
o‘zbekiston va tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Tojikiston migratsiya sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlarni imzoladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Tojikiston delegatsiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda
Sputnik Tojikiston respublika Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Tojikiston delegatsiyasiga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Abdulg‘affor Rahmonzoda boshchilik qildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar 4ta hujjat imzoladi.
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Tojikiston Mehnat vazirligi huzuridagi migratsiya xizmati o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum va deklaratsiya imzolandi.
Mehnat munosabatlarini raqamlashtirish va kasb-hunar ta’limi sohasida loyihalarni boshqarishda hamkorlik qilish deklaratsiyasini amalga oshirish rejasi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.
Qayd etilishicha, mazkur majburiyatlarning amalga oshirilishi qo‘shni respublikalarning mehnat va bandlik sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bitimlar mehnat bozorini o‘rganish, kadrlar tayyorlash va yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassislarni o‘qitish sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.