O‘zbekiston va Rossiya olimlari uzumning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishFestival "Zolotaya grozd vinograda" v Krimu
Festival Zolotaya grozd vinograda v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
“Kurchatov instituti” mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik seleksionerlar tomonidan yaratilgan yangi navlar eksportbop bo‘ladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik va rossiyalik uzumchilik mutaxassislari danaksiz uzumning yangi navlarini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyaning “Kurchatov instituti” milliy tadqiqot markazi bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ikki davlat olimlari hamkorlikda uzumning danaksiz eksportbop navlarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Bundan tashqari, biz Rossiyaning uzumchilik va vinochilik instituti “Magarach” bilan hamkorlikda ishlayapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi Xo‘jayeva.
Joriy yilda O‘zbekistonning uzumchilikka ixtisoslashgan hududlarida 50 ming gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etiladi. Mavjud uzumzorlarda esa zamonaviy agrotexnologiyalar tufayli yaqin uch yilda hosil ikki baravar ko‘payib, yiliga o‘rtacha 3 million tonnaga yetadi.
Yangiliklar lentasi
0