Kaspiy floti— Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda barqarorlik kafolati

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishUcheniya korabelnix sil Kaspiyskoy flotilii
Ucheniya korabelnix sil Kaspiyskoy flotilii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
"Kalibr-NK" nomli yuqori aniqlikda zarba beruvchi raketa majmualari Kaspiy dengizidan turib 2600km masofaga Qora, Boltiq va O‘rta-yer dengizlaridagi, Yaqin Sharq, Ruminiya, Bolgariya, Polsha, Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi nishonlarga zarba berishi mumkin.
Rossiya Harbiy dengiz floti(HDF)ning Kaspiy flotiliyasi jangovar kemalarining harbiy o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazishi – bu geosiyosiy hodisadir.
Kaspiy flotiliyasi turli xil kuchlardan iborat bo‘lib, 17-fevral kuni 20ta jangovar kemadan iborat tarkibda dengizga chiqdi. Qo‘mondonlik punkti orqali berilgan topshiriqqa ko‘ra, ekipajlar minalarni zararsizlantirish, diversiyalarga qarshi faoliyat, kemalarni havo hujumidan himoya qilish, raketa va artilleriyadan o‘t ochish mashqlarini bajarishdi.
"Dagestan", "Grad Sviyajsk", "Uglich", "Velikiy Ustug", "Maxachkala", "Astraxan", "Stupines" kabi raketali kemalar hamda kichik artilleriya kemalari va tralo‘iklar harakatlari Rossiya HDFning Jahon okeanidag keng ko‘lamli o‘quv-mashqlariga integratsiya qilingan bo‘lib, o‘quv mashqlarda jami 140dan ortiq jangovar kemalar, 60 ta uchish apparatlari, 1000ta harbiy texnika, 10 ming nafar dengizchilar ishtirok etdi. Mashg‘ulotlarning strategik maqsadi– Rossiya Federatsiyasiga qarshi dengiz va okeanlar hududidan uyushtirilayotgan harbiy tahdidlarga qarshi turishdir hamda Rossiya HDF va Havo-kosmik kuchlari harakatlari muvofiqligini mashq qilishdir.
Kaspiy flotiliyasi – Janubiy harbiy okrugning dengiz komponentasi bo‘lib, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo hududida barqarorlik kafolatidir. Harbiy-dengiz floti tarkibiga bir necha kema brigada va divizionlari hamda qirg‘oq qo‘shinlari kiradi. Kaspiy dengizi floti qurollari 2600 km masofada joylashgan Qora va O‘rta-yer dengizi akvatoriyasiga - Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya, Polsha, Litva, Latviya, Estoniya va Ukraina hududlaridagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Bunday vaziyatda AQSh va NATOning Rossiya qo‘shinlarini Polsha va Ukraina chegaralaridan “uzoqroq joyga” jo‘natish istagi ma’nosiz ko‘rinadi. Amerikaning F-35, F-15, B-52 – samolyotlarini Yevropaga ko‘chirish “hamkorlar” uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Chunki ehtimoliy urush sodir bo‘lganda Rossiya birinchi navbatda Vashington va Brusseldagi qaror qabul qilish markazlarini yo‘q qiladi. Rossiya bu ishni yuqori texnologiyali qurol yordamida qattiqqo‘lliq va kafotlatli amalga oshirishi mumkin.

Strategiya va taktika

Kaspiy floti tomonidan “Kalibr” raketalarining birinchi jangovar qo‘llanilishi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda birdaniga otilgan 26ta qanotli raketalar zarbasi bilan Suriya hududida joylashgan jihodchilar pozitsiyalari yo‘q qilib tashlangan edi. O‘sha vaqtlardan buyon Rossiya HDF taktikasi va raketa texnologiyalari oldinga bir necha qadam qo‘ydi, Kaspiy flotiliyasi kemalari Volga va Don darolari bo‘ylab Azov va Qora dengiz HDFlari bilan flotlararo harakatlanish taktikasini o‘zlashtirib oldi. Bunday taktika Kaspiy HDFning Yevropa harbiy harakatlar maydoniga ta’sirini kuchaytiradi.
Kaspiy va Qora dengiz floti kemalari ushbu yil davomida o‘tkazilgan qo‘shma o‘quv mashqlarida Havo mudofaa kuchlari, aviatsiya va Janubiy okrugning umumiy qo‘shinlari bilan birgalikda yagona taktik vazifani – O‘rta-yer dengizi hududiga “kuch namoyish” qilishdi. “Hamkorlar” “Rossiyani to‘xtatib turish”ga shunchalik berilib ketishdi-ki, ular O‘rta-yer dengiziga uchta aviatashuvchi guruhni olib kelishdi: Amerika guruhiga USS Harry Truman, Fransiya guruhiga– Charles de Gaulle va Italiya guruhiga – yengil aviatashuvchi Cavour 550 boshchilik qilmoqda.
AQSh 6-flotini kuchaytirish maqsadida unga yana to‘rtta raketa tashuvchi esmineslar qo‘shishdi. Shunday qilib ularning jami soni 8taga yetdi. Ularga shuningdek 154-ta qanotli raketalar tashishga moslashtirilgan “Ohayo” suv osti atom kemasi ham qo‘shildi.
Lekin NATOning “tomogavk” raketalari bilan qurollangan ushbu “to‘dasi” Rossiya harbiy o‘quv mashqlari rejasini buzgani yo‘q. O‘rta-yer dengizida Rossiyaning ikkita raketa tashuvchi kreyseri – "Varag" va "Marshal Ustinov" harakat qilmoqda. Uchinchisi - "Moskva" ham yetib kelmoqda. Rossiyaning "Atlant" loyihasiga mansub kemalarini bekorga "aviatashuvchilar qotili" deyishmaydi. Ularning har biri bortida 16 tadan "Vulkan" raketalari bilan jihozlangan. Ushbu raketalar 1000 km masofaga 2,5 Max tezlikda yetib borishi mumkin. Ular oddiy yoki yadroviy kallaklar bilan jihozlanishi mumkin.
Pentagon Rossiya tomonidan O‘rta-yer dengizi ustida uning samolyotlari “tutib olinishi”ga arz qildi. O‘quv mashqlarning taktik fonini murakkablashtirish maqsadida Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga “kinjal” (zarba berish masofasi - 2000 km, tezligi - 12 Max) gipertovushli raketalar bilan jihozlangan MiG-31K og‘ir qiruvchilarni hamda eng yangi X-32 raketalari (uzoqlik 1000km, tezlik 4,4 Max) bilan jihozlangan Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi. Ularning vazifasi raqib aviatashuvchilarini yo‘q qilishdir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, har bi “demokratiya jon saqlash kemasi”ni yo‘q qilish uchun 5 daqiqa yetarli bo‘ladi.
Kaspiy flotining O‘rta-yer dengizida ko‘rinmay tursada, “zarbasi” yetadi. Bu ham “hamkorlar”ni tinchlikka “majburlashda” o‘ziga yarasha muhim rol uynaydi. Aytish joizki AQSh va NATO o‘zlarining Sharqiy Yevropadagi yaqqol provokatsion harakatlarini mojaroni kuchaytirish deb hisoblashmaydi. Demak Rossiya HDF va HKK uchun oldinda ham ko‘p ishlar turibdi.
“Hamkorlar” ko‘p qirrali dunyoga tayyor emas va Rossiya bilan geosiyosiy qarama-qarshilikda oldindan mag‘lubiyatga mahkum etilgan. Buni afg‘on toliblari ham tasdiqlashi mumkin. Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari yaqinda Rossiya bilan o‘tkir raqobatning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha ushbu kurash “bir avlod yoki undan uzoq vaqt” davom etishi mumkin. Britaniyaning Al-Quds nashri yozishiga ko‘ra, G‘arbning Rossiyaga nisbatan o‘tkazayotgan siyosati allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
“Ayni damda Rossiya, Yevropada yangi harbiy reallik yaratib, NATOni og‘ir vaziyatga qo‘ymoqda. Hozircha buni Ukrainada kuzatish mumkin, keyinroq bu Ruminiya, Bolgariya va Polshada kuzatilishi mumkin". Shvetsiyaning Svenska Dagbladet yozishicha: "Putin Ukrainaga hujum qilmaydi, lekin baribir g‘olib bo‘ladi". Nima ham derdik, tashqaridan yaxshiroq ko‘rinsa kerak.
Rossiya HDFning Qora va O‘rta-yer dengizidagi kuchli harbiy guruhlari, Belarusda zamonaviy havo mudofaa tizimlarini joylashtirish, strategik nuqtalardagi keng ko‘lamli o‘quv-mashqlari – AQSh va NATO uchun Rossiya ta’siri ostidagi hududlarda har qanday provokatsion harakatlar naqadar xavfli bo‘lishi mumkinligin ko‘rsatdi. NATOning Sharqqa kengayishi to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Vashingtonning Moskva bilan munosabatlardagi strategik xatolari AQSh va uning Yevropadagi vassalari uchun o‘ta halokatli bo‘lishi mumkin.
* Terrorchilik harakatlari uchun BMT tomonidan ta’qiqlangan Tolibon harakati a’zolari
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0