Kamila Valiyeva ishi: CAS qarorni e’lon qildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Figurnoe katanie. Jenshini. Proizvolnaya programma
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Jenshini. Proizvolnaya programma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
Sport arbitraj sudi (CAS) Kamila Valiyeva ishi bo‘yicha qarorning asoslovchi qismini e’lon qildi.
Sport arbitraj sudi (CAS) Kamila Valiyeva ishi bo‘yicha qarorning asoslovchi qismini e’lon qildi.
Hujjatga ko‘ra, sportchi bir necha bor doping-testdan o‘tgan va barchasida hech qanday taqiqlangan moddalar aniqlanmagan. Valiyev topshirgan tahlillarida aniqlangan trimetazidin miqdori bitta tabletkaga teng.
Uning onasi va advokatining so‘zlariga ko‘ra, Valiyeva taqiqlangan moddani qasddan qabul qilmagan. Taqiqlangan modda uning organizmiga maishiy yo‘l bilan kirgan bo‘lishi mumkin: uning bobosi yurak operatsiyasidan so‘ng trimetazidinni qabul qilgan.
Valiyevaning bobosi uni muntazam ravishda mashg‘ulotlarga olib borib kelgan, trimetazidin esa uning avtomobilida bo‘lgan.
Kamila Valiyeva vakillari dekabrda doping test uchun olingan “B namuna”ni ochishni talab qiladi. Antidoping laboratoriyasi xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin, deyilgan CAS qarorida.
Birinchi bosqichda peshqadamlik qilgan Valiyeva 4-o‘rinni egalladi.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) avvalroq Pekin Olimpiadasining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lgan Valiyevada 2021-yil 25-dekabr kuniolingan doping-testi ijobiy chiqqani, unda trimetazidin moddasi aniqlangani haqida xabar bergandi.
Test natijasini 8-fevral kuni Stokgolmdagi antidoping laboratoriyasi e’lon qildi.
Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) Valiyevaga vaqtinchalik musobaqadan chetlatdi, 9-fevral kuni apellyatsiyasidan so‘ng nisbatan vaqtinchalik chetlashtirish bekor qilindi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Butunjahon antidoping agentligi (WADA) va Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) Sport arbitraj sudiga protest bildirishdi.
CAS XOQ, ISU va WADA apellyatsiyalari rad etilganini e’lon qildi va Valiyevaga Olimpiadada qatnashishiga ruxsat berishga qaror qildi. CAS o‘z qarorini qabul qilishda sportchining ijobiy doping testi to‘g‘risida kech xabar bergani, Valiyevaning 16 yoshga to‘lmagani uchun "himoyadagi shaxs" maqomini hisobga olganini ma’lum qildi.
CAS qarorida ta’kidlanishicha, Valiyevaga doping-test ijobiy chiqqani uchun intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi, ammo bu holatda konkida uchuvchini O‘yinlarning yakkalik bahslarga qo‘ymaslik unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, CAS komissiya rossiyalik ayol ishi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy turnir bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmaganini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0