Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

COVID-19dan so‘ng qanday mahsulotlar bilan immunitetni ko‘tarish mumkin?

© pexels/Daria ShevtsovaPoleznie produkti
Poleznie produkti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
Kuz va qish – kasalliklar mavsumi. Pandemiya davrida esa immunitet kuchsizlanishi ikki barobar zararli
Mavsumiy kasalliklardan so‘ng qanday qilib immunitetni mustahkamlash mumkin? Sputnik Belarus viruslardan himoya qiluvchi eng oddiy mahsulotlarni tavsiya qiladi.

Ko‘katlar

Ko‘katlar, ayniqsa, ismaloq – kuchsizlanib qolgan organizm uchun ajoyib mahsulot. Ko‘katlarda hujayralarni shikastlar va yallig‘lanishlardan himoya qiluvchi zarur antioksidantlar mavjud.

Foydali yog‘lar

Qizil baliq, avokado, zaytun yog‘i - Omega 3 foydali yog‘larining asosiy manbalari. To‘yingan yog‘lar immunitetni mustahkamlaydi, organizmni bakteriyalar va infeksiyalardan himoya qiladi.

Sitrus mevalar

S vitamini – viruslarga qarshi mashhur vosita. Shu sababli ushbu vitamin manbai bo‘lgan limon, apelsin va rezavor mevalar har kungi ratsionda bo‘lishi lozim. Limonli issiq choy esa nafaqat immunitetni, balki kayfiyatni ham ko‘taradi.

Brokkoli

Brokkoli- vitaminlar va minerallar koni. Tarkibida ko‘p miqdordagi kalsiy, magniy va S vitamini tufayli kasallikdan so‘ng brokkolini ko‘proq iste’mol qilish zarur.

Tovuq sho‘rva

Shamollagan insonlarga tovuq sho‘rva tavsiya qilish - kinolardan olingan an’ana emas. Chindan ham bu shamollashdan xalos bo‘lish uchun yaxshi vositalardan biri. Chunki tovuq go‘shti oqsili tarkibida V guruhi vitaminlari ko‘p. V vitamini esa organizmda himoya qilish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0