Rossiya harbiylari Markaziy Osiyoni qanday himoya qilmoqda?

© Sputnik / Amir Isaev / Mediabankka o‘tishMeropriyatiya po sluchayu 70-letnego yubileya 201-y rossiyskoy voyennoy bazi, dislotsirovannoy v Dushanbe
Meropriyatiya po sluchayu 70-letnego yubileya 201-y rossiyskoy voyennoy bazi, dislotsirovannoy v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
Tojikiston poligonlarida jaranglayotgan to‘plar ovozlari Afg‘oniston tomonidagi terrorchi guruhlar uchun ogohlantiruvchi belgi bo‘lmoqda.
Tojikistonning tog‘li Sambuli poligonida Rossiyaning Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan 201-harbiy bazasi askaralari ishtirokida taktik o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tmoqda. Granatamotchilar, Mi-24 zarba beruvchi vertolotlar va ko‘p maqsadli Mi-8MTV5-1 vertolotlari ekipajlari hamda uzoq masofaga zarba beruvchi S-300PS zenit raketa majmualari ekipaj a’zolari yagona rejja asosida harakat qilmoqda. Aytish joizki, S-300PS majmuasi 25 metr balandlikda uchayotgan kabutar o‘lchamidagi uchuvchisiz apparatlardan tortib samolyot va vertolotlargacha qo‘llanilishi mumkin. Bitta S-300 majmuasi 72 raketa yordamida 36ta aerodinamik nishonni kafolatli yo‘q qilishga qodir.
Tog‘li hududda razvedka olib borishga, ustuvor nishonlarni tanlab olishga alohida e’tibor berilmoqda. Granatomotchi bo‘linmalar 15-fevral kuni 40mmli qo‘l granatalari hamda 30mmli avtomatik granatomotlari hamda RPG-7 va AGS-17 pulemotlari yordamida tog‘ darasida shartli raqibning “jangovar kolonnasini” yo‘q qilib tashladi. Moto-o‘qchilarni havodan 201-harbiy bazaning aviaguruhi qo‘llab-quvvatladi va yerdagi nishonlarga zarba berdi.
S-300PS zenit-raketa majmualari bo‘linmalari shartli raqibning havo zarbasida himoya qilib turishdi. Ular nishonlarni “tutib olib” kuzatuvga olishdi. Mashg‘ulotlarda artilleriya va tank bo‘linmalari va maxsus radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari va aloqachilar ham ishtirok etdi.
Yil boshidan buyon 201 harbiy baza va uning ixtiyoridagi bo‘linmalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlar to‘xtovsiz o‘tkazib kelinmoqda. Yanvar oyida Lyaur va Sambuli poligonlarida 1000 nafar harbiylar ishtirokida taktik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Moto-o‘qchi bo‘linmalar artilleriya va aviatsiya ko‘magida mudofaa va hujum mashqlarini bajarishdi.
Afg‘onistondagi notinchlik fonida KXShT janubiy chegaralarida Rossiyaning faolligi hamda 201-harbiy bazaning kuchaytirilishi – o‘rinli, kerak va yetarli choradir. Afg‘onistonda 2021-yilning avgust oyida hukumat Tolibon* qo‘liga o‘tganidan so‘ng Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi intensiv ravishda kuchaytirib kelinmoqda. Xususan u yerga qo‘shimcha 30 ta T-72B3M tanklari, yangi BMP-2M va BTR-82A zirhli mashinalari, "Kornet" tankka qarshi boshqariluvchan raketa majmualari, "Verba" har qanday havoda ishlaydigan majmualari, ASVK-M "Kord" snayper vintovkalari hamda AK-12 avtomatlari, uzoq masofali reaktiv piyodalar o‘t purkagichi, ichki va texnik homoya vositalari olib kelindi.

Toliblar yangi armiyasi

“Afg‘oniston islom amirligi” yangi armiyasi boshlig‘i Kari Fasixuddin Fitrat 14-fevral kuni Afg‘oniston shimoli Tojikiston va O‘zbekiston chegaralari yaqiniga 10 mingta jangarilar jo‘natganini e’lon qilgan edi. Ular AQSh va NATOning zamonaviy texnikasi va qurol aslahalari bilan jihozlangan. “Qisqa vaqt ichida jangovar samolyotlar ushbu kuchni qo‘llab quvvatlashga tayyor bo‘ladi”, - degan edi armiya qo‘mondoni.
Afg‘oniston shimolidagi partizanlarni va raqib terrorchi guruhlarini bostirish uchun bu kuchlar yetarli emas albatta. Lekin shu kunning o‘zida Tolibon* mudofaa vazirligi rasmiy vakili Enayatulla Xorazmi soni 150 ming kishidan iborat bo‘lgan yangi milliy armiya yaratish rejasini e’lon qildi. Agar ushbu reja amalga oshsa, Tolibon* armiyasi son jihatidan Tojikiston (9500 kishi), O‘zbekiston (55 ming ), Qozog‘iston (45 ming) va Qirg‘iziston (12 ming) armiyalaridan oshib ketadi. AQSh va NATO Afg‘onistonda keragidan ortiq miqdorda qurol-aslaha qoldirib ketgan. 2021-yilning avgust oyiga qadar AIR kuch tuzilmalari soni 352 ming kishidan iborat edi. Ulardan 190 mingi – armiya hisobiga to‘g‘ri kelar edi.
Tolibon* tomonidan yangi armiya tuzish istiqboli Markaziy Osiyo uchun turli xavotirlidir. Hech kim tan olmagan Qobuldagi yangi hukumat vakillari ko‘p yillik barcha muammolarni qurol bilan hal qilish tajribasiga ega, jumladan moliyaviy va iqtisodiy muammolarni ham. Harbiy markazlarda 90 ming nomzodlar ro‘yxatga olingan, lekin Tolibon*ga o‘qimishli tajribali kadrlar kerak. “Amirlik” mudofaa vazirligi harbiy mutaxassislardan armiyaga qaytishni so‘ramoqda.
Ashraf G‘ani hukumatining uchuvchilari tomonidan xorijga olib qochib ketilgan harbiy texnikalarni qaytarish ham alohida rejaga kiritilgan. Bugunga qadar Dushanbe va Toshkent “yaxshi qo‘shnichilik” munosabatlariga zid ravishda ularning iltimoslariga e’tibor bermay kelmoqda. Bu aniq emas, lekin bir kun kelib Markaziy Osiyo eshigini Tolibon*ning 150 mingli armiyasi “qoqishi” ham ehtimoldan xoli emas.
Qozog‘istonda yaqinda afg‘onistonlik jangarilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari va davlat to‘ntarishga urinish – KXShTni keskin va qattiqqo‘llik bilan harakat qilishga majbur qildi. Qozog‘iston mojarosi kollektiv xavfsizlik mexanizmining samaradorligining birinchi sinoviga aylandi. Uning natijasi yuqori bahoga loyiq. Kelajakda KXShTning kollektiv tezkor kuchlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkilot tomonidan kuch ishlatish to‘g‘risidagi qarorni a’zo davlatlar parlamentlari emas prezidentlari tomonidan qabul qilish haqida kelishib olindi.

Notinch qo‘shni

Afg‘oniston qo‘shn davlatlar uchun hali uzoq vaqt davomida notinchlik faktori bo‘lib qoladi. KXShT uchun neytral munosabatda bo‘lgan O‘zbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan ko‘ra ko‘proq tahdidlar mavjud.
Bunga misol izlab uzoqqa borish shart emas. O‘zbekistonlik bojxonachilar Toshkent viloyatidagi “Oybek” postida 15-fevral kuni yirik partiya -230 kg. geroin qo‘lga olishdi. Yuk avtomobili Tojikistondan Rossiyaga qarab yo‘l olgan bo‘lgan.
O‘zbekiston hududi orqali narkotiklarni G‘arbiy Yevropaga yetkazib berishning “shimoliy yo‘nalishi” o‘tgan. Yevropada ushbu geroin narxi 14 mln. dollarni tashkil qiladi. Bu – toliblar narkotraffikni nazorat qilmayotganidan yoki qo‘shni davlatlar milliy xavfsizligini suiste’mol qilgan holda “geroinli iqtisoddan” foyda olayotganidan darak beradi.
Tolibon* uchun KXShTbilan munosabatlarni buzishning foydasi yo‘q, lekin Qobulda bir qator moliyaviy va iqtisodiy muammolar bor-ki ular toliblarni kriminal uslublardan foydalanishga majbur qilishi mumkin. Xalqaro narkotik savdogarlarning yo‘nalishlari – Afg‘onistondan MDH hududiga ekstremistik g‘oyalar tarqalishiga ham olib kelishi mumkin. Afg‘onistonda bugun 20 mingga yaqin terrorchi guruhlar mavjud.
Toliblarning Panjsher ustidan so‘zsiz nazorat o‘rnatishga bo‘lgan ishtiyoqi etnik tojiklardan iborat qochqinlar paydo bo‘lishiga va ular bilan birga jangarilar ham Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi mumkin.
KXShT bosh kotibi Stanislav Zas biroz oldin Afg‘onistonda iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar va gumanitar inqiroz davrida terrorchilik xavflari kuchayib borayotgani haqida ogohlantirgan edi: “Terrorchi va banditlar guruhlari faollashmoqda, narkotiklar savdosi odamlar hayot saqlab qolish manbaalaridan biriga aylanmoqda... Bu ushbu holatni hisobga olgan holda tojik-avg‘on cheragarasini mustahkamlashga maksimal e’tibor qaratmoqdamiz”.
Yaqin vaqt ichida Tojkiston hududida KXShTning keng ko‘lamli "Rubej – 2022" o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi. Hududda esa qo‘shma "Poisk", "Eshelon", "Vzaimodeystvie", "Nerushimoe bratstvo – 2022" nomli qo‘shma mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Afg‘onistonda harbiy-siyosiy vaziyat qanday tus olishidan qat’iy nazar Rossiya va KXShTning boshqa davlatlari Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik kafolati bo‘lib qoladi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Tolibon* a’zolari.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0