https://oz.sputniknews.uz/20220217/ozbekiston-pokiston-22797272.html
O‘zbekiston va Pokiston “asr loyihasini” muhokama qildi
O‘zbekiston va Pokiston “asr loyihasini” muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Pokiston “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama qildi.
2022-02-17T11:50+0500
2022-02-17T11:50+0500
2022-02-17T11:50+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797104_0:129:1281:849_1920x0_80_0_0_33c74cac425117807384f73a53deb7a4.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama qildi.O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston tijorat vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Solih Faruqiy bilan uchrashuvda tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida ikki mamlakat hamkorligini chuqurlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan kelishishni jadallashtirish tadbirlari muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan munosabatlarning barcha sohalarida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.Afg‘oniston hududi orqali o‘tadigan yangi "Termiz - Mozori Sharif - Kobul - Peshovar" temir yo‘li Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lash imkonini beradi.Loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil qiladi. Magistralning umumiy uzunligi 573 km, tranzit salohiyati esa 20 mln tonna.O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797104_60:0:1197:853_1920x0_80_0_0_ed39973858893e234c336deee87dcecf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
termiz mozori sharif kobul peshovar transafg‘on temir yo‘li
termiz mozori sharif kobul peshovar transafg‘on temir yo‘li
O‘zbekiston va Pokiston “asr loyihasini” muhokama qildi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” loyihasi pokistonlik hamkorlar bilan muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama qildi.
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pokiston tijorat vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammad Solih Faruqiy bilan uchrashuvda tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida ikki mamlakat hamkorligini chuqurlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan kelishishni jadallashtirish tadbirlari muhokama qilindi.
“Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan munosabatlarning barcha sohalarida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Afg‘oniston hududi orqali o‘tadigan yangi "Termiz - Mozori Sharif - Kobul - Peshovar" temir yo‘li Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lash imkonini beradi.
Loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil qiladi. Magistralning umumiy uzunligi 573 km, tranzit salohiyati esa 20 mln tonna.
O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda.