O‘zbekiston yo‘llarida kimlar ko‘proq YTHga uchrayotgani ma’lum bo‘ldi

© GUVD TashkentaDTP v Tashkente s uchastiyem mashini skoroy pomoshi
DTP v Tashkente s uchastiyem mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan 2021-yilda O‘zbekiston yo‘llarida 10 mingta YTH sodtir bo‘lgan va ularda 2426 kishi qurbon bo‘lgan.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 2021-yilda Respublika yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahlilini e’lon qildi.

Unda ko‘rsatilishiga ko‘ra, 2021-yil davomida O‘zbekiston yo‘llarida 10001ta YTH sodir bo‘lgan va ularda 2426 kishi qurbon bo‘lgan, 9230 kishi tan jarohatlari olgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p YTH – Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan – 1469ta, Toshkent shahrida - 1336ta, Samarqandda – 1129ta, Namanganda - 1082ta.
Eng kam YTH – Sirdaryo (202ta), Jizzax (321ta) va Navoiy viloyatlarida sodir bo‘lgan.
© MVD UzbekistanaO‘zbekistonda YTHlar tahlili
O‘zbekistonda YTHlar tahlili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
O‘zbekistonda YTHlar tahlili
Yo‘l transport hodisalari kelib chiqishining asosiy sabablari sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:
20,1% - harakatni tashkil etishdagi muammolar (2009ta holat);
20,1% - belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (2010ta holat);
13,8% - piyodalarning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi (1380ta holat);
11,5 % - piyodalar o‘tish joyida piyodani urib yuborish (1150ta holat).
YTH ishtirokchisiga aylangan haydovchilarning aksariyati (40,6%) - 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar ekani aniqlangan.
© MVD UzbekistanaO‘zbekistonda YTHlar tahlili
O‘zbekistonda YTHlar tahlili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
O‘zbekistonda YTHlar tahlili
Ayollar va erkaklar kesimida 9733 nafar erkak va 268 nafar ayol kishi YTH ishtirokchisiga aylangan.
Batafsil IIV tomonidan tayyorlangan infografikada tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekeiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, YTH oqibatida o‘limlar sonini kamaytirishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlat rahbari ushbu sohadagi ishlarni qattiq tanqid qilib bir qator rahbarlarni lavozimidan bo‘shatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0