https://oz.sputniknews.uz/20220217/fargonada-qoyosh-batareyasida-ishlaydigan-kochma-svetoforlar-ornatilmoqda-22795553.html
Farg‘onada qo‘yosh batareyasida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatilmoqda
Farg‘onada qo‘yosh batareyasida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada yo‘l bo‘ylarida qurilgan umumta’lim maktablari oldida 22 ta quyosh panelli svetoforlar o‘rnatildi.
2022-02-17T10:52+0500
2022-02-17T10:52+0500
2022-02-17T12:01+0500
jamiyat
farg‘ona
yth
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797192_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_095762f0ab9fe7d6a4f2249e59f2c6f1.jpg
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Farg‘onaning gavjum ko‘chalarida quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatilmoqda. Bu haqida O‘zA xabar qilmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining odam gavjum joylari, bozorlar va maktablar oldida quyosh panelli svetoforlar o‘rnatilmoqda va sun’iy notekisliklar qurilmoqda. Yil davomida yana 462ta ta’lim muassasalari oldida ana shunday notekisliklar qurish rejalashtirilgan. Quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib “Oltiariq-innovatsiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.Dastlab Yozyovon tumanida sinovdan o‘tkazilgan ko‘chma svetofor ijobiy samara berdi. Xususan u energiya tejamkor, istalgan yerga o‘rnatilishi mumkin va odatiy svetoforlardan ancha arzon. Xususan mobil svetofor 15 million, piyodalar uchun mo‘ljallangani 40 million, chorrahalarda qo‘llanadigani esa 100 million so‘m atrofida, deyilgan xabarda.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda Farg‘ona viloyatida 1 469 ta YTH sodir bo‘lgan va ularda 257 nafar fuqaro vafot etgan, 1 387 nafar jarohatlangan. YTHlarning 617 tasi piyodalar, 366 tasi bolalar, 319 ta velosipedchilar ishtirokida sodir bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekeiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, YTH oqibatida o‘limlar sonini kamaytirishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlat rahbari ushbu sohadagi ishlarni qattiq tanqid qilib bir qator rahbarlarni lavozimidan bo‘shatgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/11/22797192_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_199f0a39fc8fe76af43a3fa3422ab82e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona umumta’lim maktablar quyosh panelli svetoforlar o‘rnatildi
farg‘ona umumta’lim maktablar quyosh panelli svetoforlar o‘rnatildi
Farg‘onada qo‘yosh batareyasida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatilmoqda
10:52 17.02.2022 (yangilandi: 12:01 17.02.2022) Farg‘onada yo‘l bo‘ylarida qurilgan umumta’lim maktablari oldida 22 ta quyosh panelli svetoforlar o‘rnatildi.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Farg‘onaning gavjum ko‘chalarida quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar o‘rnatilmoqda. Bu haqida O‘zA xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining odam gavjum joylari, bozorlar va maktablar oldida quyosh panelli svetoforlar o‘rnatilmoqda va sun’iy notekisliklar qurilmoqda.
Xususan, yo‘l bo‘ylarida qurilgan umumta’lim maktablari oldida 22 ta quyosh panelli svetoforlar o‘rnatilgan. Shuningdek o‘quvchilar xavfsizligi uchun 125 ta ta’lim muassasalari oldida sun’iy notekisliklar qurilgan hamda piyodalar o‘tish joylariga 132 ta yoritish moslamalari o‘rnatilgan.
Yil davomida yana 462ta ta’lim muassasalari oldida ana shunday notekisliklar qurish rejalashtirilgan.
Quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan ko‘chma svetoforlar Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib “Oltiariq-innovatsiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Dastlab Yozyovon tumanida sinovdan o‘tkazilgan ko‘chma svetofor ijobiy samara berdi. Xususan u energiya tejamkor, istalgan yerga o‘rnatilishi mumkin va odatiy svetoforlardan ancha arzon. Xususan mobil svetofor 15 million, piyodalar uchun mo‘ljallangani 40 million, chorrahalarda qo‘llanadigani esa 100 million so‘m atrofida, deyilgan xabarda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda Farg‘ona viloyatida 1 469 ta YTH sodir bo‘lgan va ularda 257 nafar fuqaro vafot etgan, 1 387 nafar jarohatlangan. YTHlarning 617 tasi piyodalar, 366 tasi bolalar, 319 ta velosipedchilar ishtirokida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekeiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, YTH oqibatida o‘limlar sonini kamaytirishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlat rahbari ushbu sohadagi ishlarni qattiq tanqid qilib bir qator rahbarlarni lavozimidan bo‘shatgan edi.