ExxonMobil O‘zbekistonda sintetik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
09:50 17.02.2022 (yangilandi: 10:06 17.02.2022)
© IA «Jaxon” / Anvar Ilyasov20-ya yubileynaya Mejdunarodnaya vistavka i konferensiya «Neft i gaz Uzbekistana – OGU 2016»
Obuna bo‘lish
Uzbekistan GTL zavodi negizida 100 ming tonnagacha sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati mavjud.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. AQShning ExxonMobil kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodi negizida sintetik moylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
“ExxonMobil” O‘zbekistonda sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. O‘zbekistondagi GTL zavodi negizida 100 ming tonnagacha sintetik moylar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu kelajakda respublikada yuqori sifatli motor moylarini to‘laqonli ishlab chiqarishni yaratish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.
ExxonMobil - dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biridir. Shtab kvartirasi AQShning Texas shtatida joylashgan. Kompaniya Osiyo va Shimoliy Amerika hududida neft va gaz qazib olish bilan shug‘ullanadi.
Uzbekistan GTL
Uzbekistan GTL zavodi dunyoda eng texnologik ilg‘or uglevodorodlarni qayta ishlash korxonalaridan biridir. Korxona Sasol texnologiyasi asosida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash yo‘li bilan yuqori sifatli aviatsiya kerosini, dizel yonilg‘isi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqaradi. Uzbekistan GTL Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsion loyihalardan biri bo‘lib, uning umumiy qiymati $ 3,61 mlrd.ni tashkil qiladi. Loyihaning asosiy maqsadi - uglevodorodlar importini kamaytirish. Korxona yiliga 1 mlrd. dollarlik importi o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari ishlab chiqaradi.