“Biz sen bilan, Kamila!”: butun MDH Valiyevani qo‘llab-quvvatladi – video

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir
Olimpiada-2022. Figurnoe katanie. Komandniy turnir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari sportchilari Kamila Valiyevani qo‘llab-quvvatlashdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. MDH davlatlarining sportchilari, murabbiylari va oddiy fuqarolar Pekin Olimpiadasida mojaro markazida qolgan rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyevani qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbek sportining afsonasi, sakkizta Olimpiadada qatnashgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana Chusovitina qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekistonlik yana bir Olimpiya chempioni, og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov ham chetda qolmadi. Sputnik nashriga bergan izohda u Kamilaga muvaffaqqiyat tilab, hammasi uning foydasiga hal bo‘lishiga umid bildirdi.
Kamila Valiyeva Pekin Olimpiadasida jamoaviy turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqadan so‘ng u 2021-yil oxirida topshirgan doping-testida taqiqlangan modda aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Hozir sport arbitraj sudi unga yakkalik bahslarda ishtirok etishga ruxsat berdi.
Biroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi taqdirlash marosimi o‘tkazilmasligini ma’lum qildi, chunki Valiyevaning ishi o‘z nihoyasiga yetmadi.
Agar u yakkalik bellashuvda g‘olib bo‘lsa, taqdirlash marosimi ham o‘tkazilmaydi. Rossiya antidoping agentligi doping-test bilan shug‘ullanadi.
Seshanba kuni Valiyeva Olimpiadada qisqa dastur bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatdi. 17-fevral kuni u Olimpiya o‘yinlarining keyingi bosqichida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0