Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPastuxi zagonyayut stado oves v zagon, arxivnoe foto
Pastuxi zagonyayut stado oves v zagon, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2022
Obuna bo‘lish
Prezident bu yil chorvachilikda, qo‘y-echkichilikda, pillachilikda 1,6 mln aholi bandligini ta’minlash imkoni borligini ta’kidladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonda aholiga kooperatsiya asosida 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi. Bu maqsadlar uchun 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chorvachilik sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari bu yil chorvachilikda kamida 300 ming, qo‘y-echkichilikda 150 ming, pillachilikda 1 million 200 ming, jami 1 million 650 ming aholi bandligini ta’minlash imkoni borligini ta’kidladi.
Buning uchun, avvalo, xonadonlarda kooperatsiya orqali chorvani ko‘paytirish kerak.
Ta’kidlanishicha, joriy yil fevraldan boshlab xorijiy kreditlar 10-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. Kredit foizining 14 foizdan yuqori qismiga kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foiziga kafillik beriladi.
Bundan tashqari, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uchun uskunalar xarajatining 20 foizi qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0