“Sunami”: Kaluga viloyatida 61 nafar migrant politsiyaga olib kelindi

© Sputnik / Aleksey SuxorukovSotrudnik politsii Upravleniya ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy Federatsii (UMVD) po gorodu Tambovu v slujebnom avtomobile.
Sotrudnik politsii Upravleniya ministerstva vnutrennix del Rossiyskoy Federatsii (UMVD) po gorodu Tambovu v slujebnom avtomobile. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Obninskdagi o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng 60 nafardan ortiq migrant politsiyaga olib kelindi, 5 nafari deportatsiya qilindi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Politsiya Obninskda (Kaluga viloyati) “Sunami” tezkor-profilaktika tadbirini o‘tkazdi.
Tekshiruvdan so‘ng 60 nafardan ortiq odam politsiya bo‘limiga olib kelindi, ulardan 5 nafari deportatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti Obninsk ma’muriyati matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Xorijiy fuqarolar yashaydigan yotoqxonalar va ular ko‘p to‘planadigan joylar – Aksenovskaya maydonidagi bozor, “Triumf Plaza” savdo markaziga tutash hudud, Vokzal maydonida tekshiruv o‘tkazildi. 61 kishi IIBga olib kelindi. 37 nafar migrantga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, 5 nafari deportatsiya qilindi”, — deyilgan xabarda.
Qayd etishicha, tadbir natijasida migratsiya sohasidagi 32 ta ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi. Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni soxta “registratsiya qilish” holatlari yuzasidan 5 ta bayonnoma tuzilib, tekshiruv o‘tkazilmoqda.
O‘tgan hafta Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha migratsiya markaziga borib, chet el fuqarosi bilan suhbatlashganidan so‘ng o‘zining Telegram-kanalida migratsiya qonunchiligi sohasidagi qonunbuzarliklar mavzusini ko‘tardi.
Ma’lum bo‘lishicha, xorijlik rus tilini bilishi haqidagi sertifikati bo‘lgan, lekin rus tilida so‘zlasha olmagan.
Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, endi rus tilini bilmaydigan, ammo “soxta” sertifikat taqdim etgan migrantlarning barcha hujjatlari migratsiya markazi tomonidan tekshirish uchun ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Shundan so‘ng, Shapsha Kaluga viloyati chet eldan vatandoshlarni Rossiyaga ixtiyoriy ko‘chirishga yordam beradigan davlat dasturidan chiqishini, shuningdek, savdo, yo‘lovchi tashish, kadrlar agentligi va umumiy ovqatlanish patent asosida chet elliklarni jalb qilishni taqiqlanishini e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0