Tojikiston ko‘mirni asosan Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga eksport qildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUgol
Ugol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Tojikiston ko‘mir eksporti 10 barobar oshdi.
2021 yilda Tojikiston ko‘mir eksportini qariyb 10 barobarga oshirdi, deb ma’lum qildi Eksport agentligi rahbari Shavkat Bobozoda. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Unga ko‘ra, qo‘shni davlatlarga qariyb 30 ming tonna ko‘mir eksport qilindi.
"Tojikiston ko‘miri asosan Afg‘oniston, Pokiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga eksport qilindi. Asosiy qism Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi", - dedi agentlik raisi.
Bobozoda “Eksportning yangi yo‘nalishi” katta istiqbolga ega ekanligini va kelgusida eksport sur’atlarini oshirish rejalashtirilganligini qo‘shimcha qildi.
Mamlakatda ko‘mir qazib olishga kelsak, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning 11 oyida bu ko‘rsatkich 1,9 mln tonnadan ortiqni tashkil qildi.
Tojikiston tashqi savdo aylanmasi 2021-yilda 6,3 mlrd $dan ortiqni tashkil qildi.
Bu 2020-yilga nisbatan 39,5 %ga yoki 1,8 mlrd $ga ko‘pdir.
Yangiliklar lentasi
0