https://oz.sputniknews.uz/20220216/madaniy-meros-obektlariga-zarar-etkazganlar-7-yilgacha-qamalishi-mumkin-22775285.html
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonunga prezident imzo chekdi.
2022-02-16T13:08+0500
2022-02-16T13:08+0500
2022-02-16T13:08+0500
jamiyat
madaniy boyliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19393643_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_b6d4ce8aea8b711142fe2dc615a79f40.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonda madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonunga prezident imzo chekdi.Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga o‘zgartirish kiritildi.Unga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladiUni sodir etgan fuqarolar BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslar esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima tortilishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19393643_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_b457ebafca8fdf2b9d75964fd7e8c984.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniy meros obyektlari zarar yetkazish jazo javobgarlik kuchaytirildi o‘zbekiston
madaniy meros obyektlari zarar yetkazish jazo javobgarlik kuchaytirildi o‘zbekiston
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar 7-yilgacha qamalishi mumkin
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish kiritildi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekistonda madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonunga prezident
imzo chekdi. Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Uni sodir etgan fuqarolar BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslar esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima tortilishi mumkin.