Yangi defitsit: jahon bozorida dizel yonilg‘isi yetishmovchiligi oshmoqda
14:22 15.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023)
© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
Obuna bo‘lish
Slanes nefti, pandemiya tufayli aviqatnovlar hajmi kamayishi va boshqa qator sabablar tufayli jahon bozorida dizel yonilg‘isi taklifi hajmi keskin kamaymoqda, uning narxi esa - oshmoqda.
Jahon bozoriga kutilmaganda yangi defitsit yaqinlashib keldi.
Avtomobil sanoatida mikrochiplar yetishmovchiligi ortidan, lokal v aglobal ko‘mir, tabiiy gaz va elektroenergiya defitsiti, o‘g‘it yetishmovchilishi va uning ortidan oziq-ovqat yetishmovchiligi ortida G‘arbga global dizel yonilg‘isi defitsiti ham yetib keldi. Aynida damda ushbu yonilg‘ini miqdori jahon bozoriga yetkazib berish hajki qisqarmoqda.
Dizel yonilg‘isi va o‘g‘itlar yetishmovchiligi bahorda dalalarda ish boshlash mavsumi arafasida ayniqsa yaqqol his qilinadi.
Gollandiyaning Insights Global kompaniyasi ma’umotiga ko‘ra, Yevropadagi Amsterdam — Rotterdam — Antverpen (ARA) omborxonalarda dizel yonilg‘isi va mazut zahiralari birgina o‘tgan hafta davomida 2,5%ga kamaymagan. Bu 2008-yildan buyon kuzatilgan eng past natijadir.
Defitsit aynan Yevropada boshlangani bu mahalliy muammo degani emas. Masalan dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish uchun kerakli distillyatlar yetishmovchilishi Singapurda ham 8,21 million barrelga tushib ketishi kuzatilmoqda. Xitoy yanvar oyining birinchi o‘n kunligida neft mahsulotlari, jumladan dizel yonilg‘isi eksportini kutilmaganda cheklab qo‘ygan edi. Bu choralar albatta Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga ta’sir qilmay qo‘ymaydi, albatta.
Reuters hisob-kitobiga ko‘ra, Shimoli-G‘arbiy Yevropada dizel yonilg‘isi narxi o‘tgan haftada barreliga 114 dollarga yetdi. Bu 2014-yilning oktabr oyidan buyon eng katta ko‘rsatgichdir. Xom neft narxi ham so‘nggi 2-yilda kuzatilgan eng yuqori natijaga yetgan. Osiyo bozorida ham dizel yonilg‘isi narxi 2014-yildan buyon maksimal darajaga yetdi.
Narxlar chakana savdo ko‘rsatgichlarida qayta hisoblab chiqilganda bugungi kunda dizel yonilg‘isi narxi Moskvada – 50-60 rubl, Minskda – 60-65 rubl, Kiyevda – 85-105 rubl, Seulda – 95-105 va Berlinda 140-150 rublni tashkil qilmoqda.
Shu bilan birga fevral oyida Yevropaga dizel yonilg‘isi yetkazib berish hajmi 1,83 milliogn barreldan 1,66 million barrelga kamaymoqda. Bu yanvar oyiga qaraganda 2,7 baravar kam.
“Biz Meksika ko‘rfazidan dizel yonilg‘isining minimal eksportini kuzatmoqdamiz. AQShda yonilg‘ini saqlash uchun imkoniyatlar cheklangan”, - deb ma’lum qilgan Reuters agentligiga amerikalik brokerlardan biri.
Ushbu vaziyatda aksariyat tahlilchilar neft narxi dastlab barreliga 100 dollargacha keyin undan ham ko‘proq oshishini kutishmoqda. Bu yetkazib berish defitsit bo‘lib turgan vaqtda dizel yonilg‘isi narxini yanada balandroqqa oshiradi.
Ushbu muammoni keng tavsiflagan Reuters uning sabablarini surishtirib o‘tirmadi. Aslida ularning kelib chiqishi ham ataylab qilinayotgan bo‘lishi mumkin.
Slanes revolyutsiyasi davri boshlanishi arafasida bir qator mutaxassislar neft sanoatning jeda yengil slanes neftiga tobora moslashib borayotgani bozorda mazut va dizel yonilg‘isi hajmi kamayib ketishiga olib kelishi haqida ogohlantirishgan edi. Slanes neftida og‘ir neft mahsulotlari ishlab chiqarilmaydi.
Keyin esa amerikaliklar Venesuela va Eron og‘ir nefti sanoati uchun sanksiyalar ham kiritdi. Ushbu davlatlarda og‘ir neft qazib olish sanoati sekinlashib yoki to‘xtab qoldi. Aynan shu sababli ham AQSh tomonidan Rossiya dizel yonilg‘isiga talab doim oshib bormoqda.
Yana bir sabab – bu umumjahon “yashil” tendensiyasi bo‘lib, uning ta’siri ostida uglevodorodlarni razvedka qilish, yangi konlar ochishga sarmoyalar kiritish hajmi keskin kamayib ketdi. O‘tgan yilda esa ularning narxi ham keskin kamayib ketdi.
Sohada investitsiyalar yetishmovchiligining aniq raqamini aytish qiyin, lekin nima bo‘lganda ham u bir necha trillion dollarni tashkil qiladi. Vaziyatni tezda to‘g‘rilash juda mushkul, lekin sohada sarmoyalar yetishmovchiligi hali uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi.
Bu yerda gap faqat neft konlarini razvedka qilish va neft qazib olishda emas, dunyoda birinchi marotaba neftni qayta ishla quvvati hajmlari kamaydi.
Ha, “yashil” kun tartibi doirasida og‘ir neftdan voz kechish va iqtisodni “karbonsizlantirish” tobora avj olmoqda. G‘arbda elektromobillar modasi bilan birga ichki yonuv dvigatellariga qarshi kurash ham boshlandi.
Lekin ushbu yo‘nalishda vaziyatni keskin o‘zgartirishni hozircha iloji bo‘lgani yo‘q. Yangi trend hozircha yengil va jamoat transportiga ta’sir qilmoqda xolos. Lekin yuk mashinalari, qishloq xo‘jalik texnikasi va dengiz va boshqa maxsus texnikalar dizel yonilg‘isida qolmoqda. Elektr narxi oshishi ichki yonuv dvigatellaridan voz kechishga hali erta emasmikan degan savollar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Defitsitga ta’sir qiladigan yana bir narsa – ishlab chiqarish texnologiyasidir.
Neftni qayta ishlashda dizel yonilg‘isi hajmi oshishi reaktiv aviatsion yonilg‘i hajmining oshishiga olib keladi. Lekin aviaparvozlar bozori pandemiyadan so‘ng hali qayta tiklangani yo‘q. Neftni qayta ishlovchilar uchun bunday vaziyatda aviatsiya yonilg‘isi ishlab chiqarish daromad keltirmaydi.
Ushbu muammolarning barchasi ustida Federal Rezerv tizimining bosma mashinkasi ham bor. Uning katta tezlikda ishlashi dunyoda misli ko‘rilmagan inflyatsiya keltirib chiqarmoqda.
AQShda yaqinda so‘nggi 40-yilda kuzatilgan eng yuqori inflyatsiya haqida ma’lumot berishdi (yillik 7,5%). Aslida esa ushbu raqam ham juda pasaytirib ko‘rsatilayotgandek tuyuladi. Eng muhimi ushbu inflyatsiya Amerika tomonidan butun dunyoga muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.
Demak muammo faqat dizel yonilg‘isi defitsiti bilan yakunlanmaydi. Yaqinda Goldman Sachsning xom-ashyo sohasida izlanishlar bo‘limi rahbari Jeff Karri Bloomberg TV efirida xom-ashyo bozorlari narxlarni hisoblashda bu darajada inflyatsiyani hisobga olganini hech qachon ko‘rmaganini ma’lum qilgan edi.
Yaqin muddatli shartnomalar narxi uzoq muddatli fyucherslardan ko‘ra ancha qimmatligi aynan taklif defitsiti bilan bog‘liqdir. Odatda vaziyat aksincha bo‘ladi.
“Bu bu ish bilan 30-yildan buyon shug‘ullanib kelmoqdaman, bozorlar bunday bo‘lganini hech qachon ko‘rmaganman, - deydi Karri. – Go‘yoki bizda hamma narsa, neft, gaz, ko‘mir, mis, alyuminiy birdaniga tugab qolgandek. Nimani so‘ramang – hamma narsa tugagan”.
Ushbu vaziyatda Rossiya AQShga rekord darajada dizel yonilg‘isi yetkazib berayotganidan xursand bo‘lishi kerakdir, ehtimol jahon bozorida defitsit kuzatilayotgan barcha mahsulotlariga bo‘lgani kabi, unga ham cheklov kiritishi kerakdir? Masalan o‘tgan yil oxirida o‘g‘it defitsiti bilan bo‘lgani kabi. Maqsad – ichki bozorda narxlar oshishini oldini olish va ichki bozorga yetkazib berish xavfsizxligini ta’minlash.