Turkmanistondagi siyosiy o‘zgarishlar Toshkent va Ashxobod munosabatlariga qanday ta’sir qiladi

© AFP 2023 / DMITRY KOSTYUKOVTurkmen national flags fly on July 3, 2008 over a mosque in Kipchak, 15 kms outside the capital Ashgabat
Turkmen national flags fly on July 3, 2008 over a mosque in Kipchak, 15 kms outside the capital Ashgabat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertlar Turkmanistonda prezident o‘zgargandan so‘ng mamlakat tashqi siyosati qanday o‘zgarishi va bu qo‘shnilar bilan aloqalarga qanday o‘z ta’sirini ko‘rsatishi borasida fikr bildirishmoqda.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Ivan Zuyev. Dushanba, 14-fevral kuni, Turkmaniston rahbarining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi. Hozircha undan boshqa hech kim bu poygada qatnashish istagini bildirmadi.
Juma kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tez orada lavozimidan ketishini ma’lum qildi. Parlamentning yuqori palatasiga (Xalq maslahati) qilgan murojaatida u “o‘zi uchun oddiy bo‘lmagan qarorni qabul qilgani” aytdi va “yoshlarga yo‘l berish” kerakligini ta’kidladi.
“Men Xalq maslahati raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham shu sohaga yo‘naltirish (hukumatni yosh avlodga berish – tahr.) niyatidaman”, — dedi Turkmaniston prezidenti.
Berdimuhamedov bayonotidan so‘ng ertasi kuni mamlakat MSK navbatdan tashqari respublika prezidenti saylovi 12-mart kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
O‘tgan yili Berdimuhamedov 64 yoshga to‘ldi. O‘z nutqida u buni eslatib, “payg‘ambar yoshiga yetganini” qo‘shimcha qildi. Gurbanguli Berdimuhamedov 2007-yil 14-fevraldan buyon mamlakatni boshqarib keladi. U 2006-yil dekabrida Turkmanistonning bir umrlik prezidenti Saparmurat Niyazov vafotidan keyin davlat rahbari etib saylangan edi.
Turkmanistonda hukumatning ehtimoliy topshirilishi haqida ekspertlar bir necha yildan buyon aytib kelishadi. 2020-yilda mamlakatda Konstitutsiya islohoti bo‘lib o‘tdi. Respublika parlamenti ikki palataga ajratildi: yuqori (Xalq maslahati) va quyi (Majlis). Amaldagi prezident o‘z lavozimidan ketganidan keyin Xalq maslahatining bir umrlik a’zosi bo‘lib qoladi.
2021 yil sentabrida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar 40 yoshni qarshi oldi. Turkmaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra bu yosh respublika prezidenti etib saylanish uchun eng minimal deb belgilangan.
Serdar 2011-yildan beri Turmanistonda muhim vazifalarni egallab keladi. 2011-yili u respublika TIV departamentiga rahbarlik qildi, 2016-yili parlament deputati, uch yil o‘tib esa Ahal viloyati hokimi bo‘ldi.
Respublikada hokimiyatni topshirish jarayoni qo‘shni Qozog‘istondagi voqealar bilan boshlandi, deb hisoblaydi MDH mamlakatlari instituti Yevroosiyo integratsiyasi va ShHTni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev.
Sputnik savolga tutgan ekspertlar siyosiy rejimning yopiqligi mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan voqealar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini bermasligini tushuntirishdi. Lekin ular hozir Turkmaniston mamlakat rahbariyati qarorlarini tashqi ko‘rinishdan belgilaydigan iqtisodiyot sohasidagi chaqiriqlarga duch kelganini taxmin qilishmoqda.
Turkman OAVlari chop qilgan 2021-yil ma’lumotlariga ko‘ra, davlat iqtisodiyotining qator asosiy sohalari kredit yuklamasi bilan og‘irlashgan. 2021-yil martida hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbarining o‘zi chet el qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash kerakligini qayd etgandi.
Ekspertlar ayni damda qarz yuklamasi mamlakat iqtisodiyotiga – vaziyatni izdan chiqaruvchi jiddiy omil deb taxmin qilishmoqda.

Gaz qarzlari siyosatni belgilab berishadi

“Hozir mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy vaziyat murakkab. Mavjud barcha resurslar qarzni to‘lashga, jumladan, gaz sohasi va infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga ketmoqda. Bunday shart-sharoitlarda jamiatdagi ijtimoiy keskinlikni susaytirish juda qiyin. Shu bois Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyatni topshirishni cho‘zib o‘tirmadi deb taxmin qilish mumkin”, - deydi Yevseyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezident qaysi shaklda vaziyat ustidagi nazoratni o‘z qo‘lida qoldirishi ma’lum emas.
Mamlakatning yangi rahbariyati davrida tashqi siyosat o‘z holicha qolish ehtimoli bor, ammo asta-sekinlik bilan u YeOII, istiqbolda esa KXShT mamlakatlari bilan hamkorlik tomon o‘zgaradi.
“Sobiq SSSR davlatlariga nisbatan oldingi tashqi siyosat bo‘ladi. Davlatning ko‘p vektorli va betaraflik yo‘li davomi. Ammo iqtisodiy vaziyat va mintaqadagi keskinlik, Afg‘onistondagi, masalan, Turkmanistonni muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Agar YeOIIda kuzatuvchi mamlakat bo‘lish borasida qaror qilinsa, ajablanmagan bo‘lardi, va ehtimol hatto KXShTda kuzatuvchi bo‘lish, biroq bu istiqbolda”, - deydi Yevseyev.

Betaraflik siyosati yakuni

YeOII va KXShT ichidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka Turkmanistonni Afg‘onistondagi vaziyat boshlaydi, deydi Yevseyev. O‘tgan yil kuzida “Tolibon”* Afg‘onistondagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgandi.
“Aynan Afg‘onistonda toliblarning hukumat tepasiga kelishi Turkmanistonni o‘zgartirdi. Endi uning betaraf qolishi g‘oyat mushkul. Uning Qurolli kuchlari Afg‘onistonga qarshi turishga qodir emas, ertami-kechmi kimdir bilan, jumladan, toliblar bilan hamkorlik qilishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun hech qanday betaraflik haqida gap bormayapti”, - deydi Vladimir Yevseyev.
Saparmurat Niyazov rahbarligi davridan buyon mamlakatda amal qilib kelinayotgan betaraflik siyosatidan asta-sekin ketishni kuzatuvchilar 2021-yil kuzida Turkmaniston ilk marotaba Istanbulda Turk kengashi sammitida ishtirok etganidan ko‘rishmoqda.
2021 yil aprelida esa Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov Qozonda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin raisligida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi tadbirlarida qatnashdi.
“O‘zini yakkalash, ko‘p ekspertlar aytayotgandek, Turkmaniston uchun muammo bo‘lmoqda. Xitoy ham, Rossiya ham, AQSh ham bu mintaqada faol ishlashmoqda. Turkmaniston har holda ikki mamlakat siyosati subyekti bo‘lmoqda. Yopiqlik mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirmoqda, shu bois hozir ular iqtisodiy aloqalarni, jumladan, ayniqsa, O‘zbekiston bilan faol rivojlantirishmoqda. Hatto Qirg‘iziston bilan elektr energiyasi eksporti bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”, - deydi qirg‘izistonlik siyosatchi Denis Berdakov.
U mamlakat o‘zgarishini ta’kidladi va bu rahbar shaxsiyatiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Ashxobod-Toshkent

Turkmanistonning O‘zbekiston bilan hamkorligini kuzatuvchilar va ekspertlar har ikki mamlakat uchun asosiy deb atashmoqda.
O‘zbekiston bu hamkorlikda elektr energiyasining tranziteri va Turkmanistonning yirk savdo iqtisodiy hamkorlaridan biri bo‘lmoqda, agar gaz eksportini hisobga olmasak.
2021 yil oxirida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosar Sardor Umurzakov O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash so‘nggi bir necha yillarda uch baravarga o‘sgani, o‘tgan yilning birinchi sakkiz oyida esa 25 foizga oshganini ma’lum qilgan edi.
“Bu sur’at davom etadi, chunki so‘nggi to‘rt yilda biz Markaziy Osiyoning markazi bo‘layotgan O‘zbekistonning o‘zida iqtisodiy siyosatning yorqin faollashishini ko‘rapmiz. Toshkentga iqtisodiy integratsiya uchun yagona mintaqa yaratish foydali. Turkmaniston O‘zbekistonga uglevodorod manbai va Kaspiyga chiqish yo‘llaridan biri sifatida kerak”, - deydi Berdakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat Turkmaniston, balki butun mintaqa ham ichidan o‘zgarmoqda, ichki integratsiya uchun jiddiy oldinga siljishlar kuzatilmoqda. Ekspertning ishonchi komilki, shu bois munosabatlar rivojlanadi.
U Tojikiston bilan vaziyat qiyinroq ekanini qo‘shimcha qildi. Mamlakatlar iqtisodiyoti turlicha va Tojikiston mahsulotlar uchun ko‘p pul to‘lashga qodir emas. Qolaversa, Tojikiston ko‘proq O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan.
Vaqt o‘tishi bilan Turmanistonda “yuqoridagilar” rejimining silliq transformatsiyasi boshlanadi va rahbariyat ochiqlik sari yo‘l oladi, deya taxmin qiladi Vladimir Yevseyev.
“Men sekin transformatsiya va yuqoridagi o‘zgarishlar bo‘lishiga pul tikkan bo‘lardim. Ammo u bosqichma-bosqich bo‘lib o‘tadi va qat’iy hukmronlik bir qancha vaqt saqlanib qoladi. Yumshoqroq ssenariylar ham respublikani xaosga yo‘liga boshlashi mumkin”, - deydi u.

Mazvuga oid:

Prezident Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi
Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 20 dan ziyod muhim hujjat imzolandi
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Yangiliklar lentasi
0