Samarqand viloyatida yangi prokuror ish boshladi

© Foto: Samarqand viloyati hokimligiHatamov Jahongir
Hatamov Jahongir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlandi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hatamov bunga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
2020 yil noyabridan buyon Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Uning qaysi ishga o‘tgani hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun qator amaldorlarni ishdan bo‘shatgan edi. Jumladan, Samarqand tumani hokimi, Nurobod tumani hokimi, Oqdaryo tumani prokurori va Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari lavozimlaridan ozod qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0