Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishProverka dokumentov vo vremya posadki grajdan Uzbekistana na stansii Pervomayskaya na vivoznoy poyezd, kotoriy dostavit okolo 940 chelovek iz Rostova-na-Donu v Tashkent.
Proverka dokumentov vo vremya posadki grajdan Uzbekistana na stansii Pervomayskaya na vivoznoy poyezd, kotoriy dostavit okolo 940 chelovek iz Rostova-na-Donu v Tashkent.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qildi Transport vazirligi.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga respublikaga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 2 marotaba qatnovi amalga oshiriladi.
Poyezdlar 18 va 25-fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali e-ticket.railway.uzdan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.
Yangiliklar lentasi
0