Rossiyada raqamli rublni sinovdan o‘tkazish boshlandi

© Depositphotos / Aleksandrasova Finansoviy znak rublya na sifrovom fone
Finansoviy znak rublya na sifrovom fone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Banki va bozorning bir necha ishtirokchilari orasida raqamli rublda ilk operatsiyalarni amalga oshirishdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya banklari raqamli rubl platformasini sinovdan o‘tkazishni boshlashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Markaziy banki matbuot xizmati.

"Fuqarolari orasida raqamli rublda dastlabki pul o‘tkazmalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, raqamli rubl g‘oyasi ilk bor Rossiya Banki tomonidan oktabr oyining o‘rtalarida taklif qilingan edi. Ushbu to‘lov vositasi unikal kod shaklida bo‘lib, u maxsus elektron hamonda saqlanadi va odatiy rubl kabi to‘laqonli to‘lov vositasiga aylanadi.
Yangi platformaning prototipini yaratish 2021-yilning dekabr oyida yakunlangan edi. Uni sinovda o‘tkazsh taklifiga 12 ta bank rozi bo‘ldi. Bular "Ak Bars", Alfa-bank, "Dom.RF", VTB, Gazprombank, Tinkoff-bank, Promsvazbank, Rosbank, Sberbank, SKB-bank, "Soyuz" va Transkapitalbank.
Yangi pulning sinovi yil davomida bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda raqamli rublni emissiya qilish va yana bir necha operatsiyalarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Kelajakda raqamli rubl bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalar va pilot loyiha ishtirokchilari sonini oshirish rejalashtirilgan. Sinov natijalariga ko‘ra, raqamli rubl platformasini joriy etish "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ayrim mutaxassislar raqamli rublning joriy etilishi korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vosita bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Rossiya Bosh prokuraturasi ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki har qanday raqamli to‘lov birligining izini kuzatib borish juda oson.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida Rossiya Markaziy banki RF hududida kriptovalyutalarni ta’qiqlash taklifi bilan chiqqan edi. Bank xulosasiga ko‘ra, ushbu sohaga aholi orasida qiziqish ortib bormoqda va ko‘plab fuqarolar xatarlar to‘g‘risida to‘liq tushunchaga ega bo‘lmagan holda o‘z sarmoyalarini kriptovalyuta ishlashga sarflashmoqda. Vaholanki, sohani nazorat qilish mushkul, kriptovalyuta kelajagi mavhum va xatarlar miqdori ham katta.
Bir vaqtning o‘zida Rossiya Moliya vazirligi kriptovalyutalarni ta’qilash kerak emas, faqat sohani nazorat qilish kerak deb hisoblaydi. Rossiya prezidenti Ushbu ikki moliya boshqaruv muassasalari orasida o‘zaro kelishilgan yondashuv ishlab chiqish va tezroq yagona qarorga kelishga chaqirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0