Rossiya Dumasi DNR va LNRni tan olish uchun ovoz berdi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishZdanie Gosudarstvennoy Dumi RF
Zdanie Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Zuganov: Ukrainada vaziyat xavotirli. DNR va LNRni tan olish - oldinga qarab qo‘yilgan qadam bo‘ladi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlash uchun ovoz berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Deputatlar Kommunistik partiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, DNR va LNRni tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchun ovoz berishdi. 350 nafar deputat ushbu qonun loyihasini amalga oshirish uchun ovoz bergan, 16 kishi qarshi ovoz bergan va bir kishi betaraf qolgan.
Parlament quyi palatasi spikeri Vacheslav Volodin aytishiga ko‘ra, yangi qonun loyihasi darhol prezident tasdig‘i uchun yuboriladi.
Volodin aytishiga ko‘ra, Vashington va Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib bermoqda, Kiyev Minsk shartnomalari shartlarini bajarishdan voz kechmoqda. Bularning barchasi ushbu hududda yashayotgan Rossiya fuqarolari hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘dirmoqda.
"Deputatlar DNR va LNRni tan olish ushbu respublikalar aholisini tashqi xavflardan himoya qilish uchun asos yaratadi va hududda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga xizmat qiladi", - dedi Volodin.
Rossiya kommunistik partiyasi deputatlari (KPRF) 19-yanvar kuni Rossiya prezidenti nomiga Donbassning ushbu ikki respubulikasini mustaqil davlatlar sifatida tan olish, ularning rahbariyati va RF orasida davlatlararo muloqot o‘rnatish uchun huquqiy asos yaratish to‘g‘risida murojaatnoma yo‘llash tashabbusi bilan chiqqan edi.
KPRF rahbari Gennadiy Zuganov aytishiga ko‘ra, Ukrainada vaziyat xavotirli hamda DNR va LNRni tan olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar - oldinga qarab qo‘yilgan qadam bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0