Qozog‘istonda 2 nafar xorijlik hibsga olindi – video

© REUTERS/PAVEL MIKHEYEVGorashee zdanie merii (akimat) v Alma-Ate
Gorashee zdanie merii (akimat) v Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Olmaota hokimligi binosini hujum qilishda ishtirok etgan ikki nafar xorijlik hibsga olindi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. 4-5-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda va Olmaota hokimligi binosini hujum qilishda ishtirok etgan ikki nafar xorijlik hibsga olindi.
Qo‘lga olinganlar 5-yanvarga o‘tar kechasi Olmaota shahar hokimiyati binosiga hujum uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.
“Bu shaxslar binoni himoya qilgan qo‘riqlash xizmati qurolsiz xodimlarini shafqatsizlarcha kaltaklaganlikda gumon qilinmoqda”, — deyilgan Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabarida.
Politsiya xodimlari olib qo‘yilgan maxsus vositalar - qalqon va tayoqlar bilan kaltaklangan.
Bosh prokuratura yangi video taqdim etdi. Jinoyatchilarning shaxsi video-kuzatuv kameralari yozuvlari orqali aniqlandi.
1 fevral kuni sudning sanksiyasi bilan ular qamoqqa olingan.
Tergov Jinoyat kodeksining 2 moddasi – ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va hokimiyat vakiliga zo‘ravonlik qilish bo‘yicha olib borilmoqda. Bu moddalarda maksimal jazo 12-yilgacha ozodlikdan mahrum etish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0